Xurshid Inog‘omov: «Zo‘r – Zo‘r STAR loyihasining tashkilotchilari ishtirokchilar uchun hamma narsani muhayyo qilishdi!»

Biz har bir hisobot konsertida Zo‘r – Zo‘r STAR hay’at a’zolari orasida ko‘radigan loyiha pedagoglari va o‘zbek estradasi yulduzlaridan tashqari, loyihada eng avval boshidanoq turgan insonlar ham borligini qayd etamiz. Tanlov va tanlov ishtirokchilari haqida ko‘p narsalarni biladigan xonanda Xurshid Inog‘omovni (Matiin) ana shunday odamlar sirasiga kiritish mumkin. Turli tanlovlar ishtirokchisi va g‘olibi bo‘lgan, shu jumladan “Novaya volna — 2005” xalqaro pop-musiqa ijrochilari tanlovida qatnashgan Xurshidning mazkur loyiha ishtirokchilariga aytadigan gaplari bor, albatta. Bugun xonanda bizga tanlov va uning ishtirokchilari to‘g‘risidagi o‘z fikrlarini gapirib berishga bajonidil rozi bo‘ldi.

zor1_28_05_2013

— Men Zo‘r – Zo‘r STAR tanlovining eng boshidanoq – eng birinchi kasting kunlaridanoq loyihadaman. Meni saralash komissiyasiga taklif qilishdi, shu bois tanlov ishtirokchilarini ko‘rikdan o‘tkazishda qatnashdim. Iste’dodli yigit-qizlar ko‘p bo‘ldi!

Sal keyinroq tanlab olingan 11 nafar ishtirokchini kuzatib borish qiziqarli bo‘ldi. Chunki bunday “yulduzli” imkoniyat hali hech kimga berilmagandi. Ishtirokchilar undan qanday foydalanishini ko‘rish qiziq edi.

Xonanda va turli tanlovlarning, shu jumladan xalqaro loyihalarning tajribali ishtirokchisi sifatida ularning ijodiy rivojini qiziqish bilan kuzatib bordim. Buning ustiga yigit-qizlar mening bu boradagi tajribamni bila turib, tez-tez maslahatlar so‘rab turishdi. Men bilganlarimni bajonidil ular bilan o‘rtoqlashdim.

Zo‘r – Zo‘r STAR loyihasining tashkilotchilari ishtirokchilar uchun hamma narsani muhayyo qilishdi! Ularning rivojlanishi va muvaffaqiyatli artistlarga aylanishi uchun hamma narsani!

Bir hafta yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli muddat, deb o‘ylayman. Vaqt to‘g‘ri tanlangan. Nazarimda, ba’zi bir ishtirokchilar katta sahnaga tushish imkoniyatining butun ahamiyatini tushunib yetishmadi ham. Nimanidir oxirigacha o‘rganishmadi, nimadadir yetarlicha sa’y-harakat qilishmadi. Saroy qurishni istasang – uni o‘zing qur! Senga SHUNDAY imkoniyatni berishganida – erinchoqlik qilish mumkin emas!

Qolgan Zo‘r – Zo‘r STAR ishtirokchilarga final arafasida bo‘shashmaslikni va qo‘lidan nima kelsa, shuni va ularni nimaga o‘rgatishgan bo‘lsa, shuni 100 foiz mahorat bilan bajarishni maslahat berardim. Agar ular sahnani tanlagan bo‘lsa, hozir ular bor vaqtini shunga bag‘ishlashlari kerak, sahna ularning hayotida 1-raqamli maqsadga aylanishi lozim.

Har bir tanlov — bu maktab, ularning har biridan men eng asosiysini – tajribani olganman! Bu yerda yigit-qizlar juda kuchli bazaga ega bo‘lishdi. Loyihani tark etganlarning ko‘pchiligi hozirga qadar Zo‘r – Zo‘r STAR hisobot konsertlariga keladi. Ular tanlov boshlanganidan buyon yangi olamda yashayotganini va hatto uni tark etgandan so‘ng ham uyga yangi odam bo‘lib qaytishganini tez-tez gapirib berishadi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system