“Bilayn” xayriya faoliyati va ijtimoiy loyihalar bo‘yicha hisobotini taqdim etdi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) 2012 yildagi xayriya faoliyati hamda ijtimoiy loyihalarning amalga oshirilishi bo‘yicha hisobotni taqdim etdi. Kompaniyaning www.beeline.uz rasmiy saytida har bir istovchi “Bilayn”ning korporativ ijtimoiy mas’uliyat doirasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan tanishishi mumkin.

“O‘tgan yil biz uchun oson kechmadi: Beeline jamoasi oldida o‘z kuchi va uskunalar imkoniyati doirasida mamlakat aholisini aloqa xizmatlari bilan ta’minlagan holda, misli ko‘rilmagan murakkab vazifalarni hal qilish masalasi paydo bo‘ldi, — qayd qildi Unitel MCHJ Andrey Safronyuk. — Yo‘lga qo‘yilgan faoliyat hamda “o‘zaro hamjihatlik” tufayli kompaniya mutahassislari munosib ravishda ushbu vaziyatning uddasidan chiqdilar. Eng qiyin kunlarda ham biz ilgari zimmamizga olgan ijtimoiy majburiyatlar haqida bir lahza ham unutmaganimizni alohida qayd etmoqchiman. Bizning ishtirokimiz tasdiqlangan bitta ham loyiha orqaga surilmadi, hech bir dastur to‘xtatilmadi. Biz uchun bu haqiqatan-da muhim, chunki “Bilayn” – noyob an’analar, qadimiy madaniyat va xayrli boshlanmalarni rag‘batlantirishga alohida munosabat rasm bo‘lgan jamiyatning bir qismi”.

“Bilayn” yana bir bor O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilaridan biri mavqeini tasdiqladi. 2012 yilda davlat g’aznasiga 225 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ to‘langan, 2006 yildan 2012 yilga qadar to‘langan soliqlarning umumiy miqdori 537 milliard so‘mdan ortiqni tashkil qildi. Bundan tashqari, o‘tgan yilning o‘zida kompaniya ijtimoiy strategiya doirasida 6 milliard so‘mlik xayriya va homiylik tashabbuslarini amalga oshirdi.

beeline_28_05_2013

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Oddiy fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, korpoartiv ijtimoiy mas’uliyatning eng muhim ma’noga ega yo‘nalishlari belgilanadi. “Bilayn” tilaklarni batafsil o‘rganish hamda ularni ro‘yobga chiqarishga maksimal hissa qo‘shish uchun muntazam ravishda mulohaza egalari, jamoat tashkilotlari va davlat boshqaruvi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda”.

2012 yil davomida “Bilayn” E-sport bo‘yicha UCG Beeline 2012 mamlakat chempionati, INFOCOM 2012 AKT Haftaligi va ICTExpo 2012 Axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi kabi keng miqyosli tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi.

Kompaniyaning mamlakat va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi respublika aholisining yuqori bahosiga sazovor bo‘ldi, unga Uzbekistan Brand Award 2012 tanlovi doirasida ular tomonidan moyillik bildirildi. Tadbirda “Bilayn” “Yilning xalq brendi” unvonini olgan holda, beshta nominatsiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system