Elvira Mulyukova: Navbatdagi Zo‘r – Zo‘r STAR konserti barcha muxlislarga yoqishi shubhasiz

Kelayotgan shanba, 1-iyun kuni soat 20:00 da Forum TV kanalining tomoshabinlari navbatdagi Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konsertini tomosha qilishadi. Ulkan gala-konsert arafasida kutilayotgan ushbu yakuniy konsertni hamma alohida hayajon bilan kutmoqda, chunki aynan u tanlov ishtirokchilaridan kim finalga o‘tishini ko‘rsatadi. Shu bois ishtirokchilar bu safar bor mahoratlarini yuzaga chiqarishlariga to‘g‘ri keladi! Hozir ana shu konsertga tayyorgarlik repetitsiyalari qanday o‘tayotgani va bo‘lg‘usi shouning o‘zi haqida loyiha xoreografi Elvira Mulyakova so‘zlab berdi.

elv_27_05_2013

— Yigit-qizlar bo‘lg‘usi Zo‘r-Zo‘r STAR konsertiga juda puxtalik bilan tayyorgarlik ko‘rishmoqda, hozir ularga osonmas, bor-yo‘g‘i bitta hal qiluvchi konsert qoldi, keyin – final! Ular buni yaxshi tushunadi. Ishtirokchilar o‘z sahna chiqishlarini takomillashtirishga harakat qilgan holda muntazam ravishda repetitsiya qilishmoqda.

Ma’lumki, bu safargi konsert eski o‘zbek kinofilmlariga yozilgan saundtreklarga bag‘ishlangan. U katta yoshdagilarga ham, yoshlarga ham birday yoqadi, deb o‘ylayman. Yoshi kattalar o‘zlarining sevimli qo‘shiqlarini, yoshlar esa – zamonaviy mualliflik qo‘shiqlarini tinglashga muvaffaq bo‘ladi. Har bir sahna chiqishi ajoyib dekoratsiyalar bilan jihozlanishidan tashqari, ba’zi Zo‘r-Zo‘r STAR ishtirokchilarining ijrolari xoreografik sahnalar bilan ham qiziqarli bo‘ladi.

Rasul Tursunqulov va Yana Baxtiyevaning chiqishlarida raqqosalardan foydalaniladi. Diltortar musiqa, yorqin milliy liboslar va raqslardan iborat juda chiroyli sahna chiqishlari tayyorlanmoqda.

“Mualliflik qo‘shiqlari” blogida Rasul qiziqarli sahna chiqishini repetitsiya qilyapti. Unda ishtirokchining o‘zi ham, raqs guruhi ham jo‘shqin qo‘shiq ostida raqsga tushadi.

Oskar Jalilovning sahna chiqishi esa, bu safargi konsert dasturining eng yorqin chiqishlaridan biriga aylanishiga ishonchim komil. Qo‘shiq ham o‘ziga xos, unda “dubstep” elementlari bor. U zalni junbushga keltirishi aniq! Demak bu safar Zo‘r-Zo‘r STAR tomoshabini nafaqat Oskarning kuylashini, balki raqsga tushishini ham ko‘radi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system