Abdulla Shomag‘rupov: « Zo‘r-Zo‘r STAR da Shahlo barcha umidlarni oqladi»

Sakkizinchi Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot kontsertida Shahlo Ahmedova va Abdulla Shomag‘rupov juftligi eng kuchli duetga aylandi. Ular ijrosidagi milliy qo‘shiq shu darajada yaxshi yangradiki, hay’at a’zolari bu chiqishni ancha yuqori baholashdi. To‘g‘ri, bunday natijaga erishish uchun duet yaxshigina mehnat qilishiga to‘g‘ri keldi. Repetitsiyalar qanday o‘tgani haqida batafsil bizga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulla Shomag‘rupov gapirib berdi.

zor_27_05_2013

— Bugun biz Shahlo bilan ijrosi ancha murakkab bo‘lgan va shu bois yaxshi nafas olish tizimini talab etuvchi milliy klassik qo‘shig‘ini kuyladik. Men Shahloni yengilroq musiqiy kompozitsiyani tanlashga ko‘ndirmoqchi bo‘ldim, ammo u menga yengil yo‘llarni izlamasligini va Zo’r-Zo’r STAR da ovozining bor kuchini ko‘rsatishi kerakligini aytdi. Uning qat’iyligidan hayratda qoldim, ijrosi murakkab bo‘lishiga qaramasdan u baribir aynan qo‘shiqni “Хoh inon, хoh inonma” tanladi va xato qilmadi. Shahlo barcha umidlarni oqladi. Hay’at a’zolari uning chiqishini yuqori baholadi. U katta yutuqlarga erishadi va kelgusida yaxshi xonandaga aylanadi, deb o‘ylayman. Unga bu borada omad tilayman.

zor_27_05_2013_1

Repetitsiyalar uchun bizga kam vaqt ajratishdi, bor-yo‘g‘i uch kun ichida sahna chiqishiga tayyorgarlik ko‘rishga harakat qildik. Albatta, qiyinchiliklar ko‘p bo‘ldi, masalan, ham erkak, ham ayol vokali bo‘lgan duetda to‘g‘ri diapazonni topish murakkab ish, shu bois tonallikni biroz pasaytirishga to‘g‘ri keldi. Shahloga qo‘shiqni ijro etish qulay bo‘lishi uchun biz uni to‘liq Shahloning ovoziga moslashtirdik, chunki, birinchi navbatda, Zo’r-Zo’r STAR da uning vokal qobiliyatlarini ko‘satish zarur edi, men esa uni yo‘naltirgan holda quvvatlab turuvchi guruh sifatida chiqdim. Biz barcha qiyinchiliklarni yengdik, deb o‘ylayman, natija yaxshi bo‘ldi.

Men yoshlarga mo‘ljallangan yangi loyihani amalga oshirganlari uchun “Beeline” va “Fund Forum”dan juda minnatdorman. Ushbu loyiha tanlov ishtirokchilarining taqdirini belgiladi, desam adashmayman. Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi nafaqat yosh iste’dod sohiblariga ijod eshiklarini ochib bermoqda, balki ularning orzusini ro‘yobga chiqarishga ham ko‘maklashmoqda.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system