Zulayho Boyxonova: «Yana juda iste’dodli qiz»
24.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Sakkizinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsert yakunlari bo‘yicha Zulayho Boyxonova va Yana Baxtiyeva dueti eng ko‘p ball olgani ma’lum bo‘ldi. Ular ijrosidagi musiqiy kompozitsiya tomoshabinlarda ham, hay’at a’zolarida ham katta taassurot qoldirdi. Aytish joizki, Yananing o‘zi ijro etilishi ancha qiyin bo‘lgan milliy qo‘shiqni tanladi. U alohida maqtovga arziydi, chunki uning chiqishi a’lo darajada o‘tdi. Bularning hammasi haqida bizga O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova so‘zlab berdi.

zul_24_05_2013

– Bugungi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsertda biz Yana bilan duetda kuyladik. Tayyorlanish uchun vaqtimiz kam edi. Yana mening repertuarimdagi eng murakkab qo‘shiqni tanlaganini ta’kidlashni istardim. Uning qobiliyati meni qoyil qoldirdi: u rusiyzabon bo‘lishiga qaramasdan, milliy qo‘shiqni maksimal darajada aniq ijro etishga muvaffaq bo‘ldi. Yana juda tirishqoqlik bilan tayyorlandi, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashdi. Unga faqat omad tilayman. Yana juda iste’dodli qiz.

zul_24_05_2013_1

Biz uch kun davomida qunt bilan repetitsiya qildik. Qo‘shiqni unga moslashtirish uchun tonallikni yarim tonga pasaytirishga to‘g‘ri keldi. Unga notalar zapasini qoldirishga qaror qilindi, chunki u sahnada baribir hayajonlanadi, bu esa unga o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslikka yordam bergan bo‘lardi. Ammo u shundoq ham ijroni uddalagan bo‘lardi, deb hisoblayman.

Tashkilotchilarga yana bir marta katta rahmat aytishni istardim, ularning tashabbusi tufayli yoshlarda ijod yo‘liga kirish va hayotining bir qismini san’atga bag‘ishlash imkoni paydo bo‘ldi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq