O‘tkazib yubormang! Zo‘r – Zo‘r STAR loyihasining eng yaxshi sahna chiqishlari
24.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

15-fevral kuni start olgan Zo‘r – Zo‘r STAR ulkan televizion musiqiy loyihasi asta-sekin o‘zining avjiga – finalga yetyapti.

zor_24_05_2013_1

Hozir, tanlov ishtirokchilarining yarmidan kami qolgan va oldinda hal qiluvchi SMS-ovoz berish jarayoni kutib turgan bir paytda, tashkilotchilar Forum TV kanalining tomoshabinlari uchun maxsus sovg‘a tayyorlashdi. Loyiha favoritini yaxshiroq tanlay olishingiz uchun kelayotgan shanba, 25-may kuni soat 20:00 da ishtirokchilarning butun loyiha davomidagi eng yaxshi chiqishlari to‘plangan dayjestni tomosha qiling.

Millionlab teletomoshabinlarni befarq qoldirmagan eng yorqin chiqishlar yana bir bor namoyish etiladi!

Gala-shou arafasidagi oxirgi hisobot konserti esa 1-iyun kuni o‘sha vaqtda va o‘sha kanalda taqdim qilinadi!

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq