Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘ida Zo‘r-Zo‘r Star Gala-konsertiga yuzlab chiptalar o‘ynaladi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” va Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘i 27 dan 31 mayga qadar www.odnoklassniki.ru/beeline.uz sahifasida Zo‘r-Zo‘r Star musiqiy dasturining Gala-konsertiga chipatalarni o‘ynaydi.

zor_24_05_2013

“Bugun ishonch bilan shuni aytish mumkin-ki, Zo‘r-Zo‘r Star mavsumning bosh musiqiy voqeasiga aylandi, – deydi Unitelning Tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Loyiha haqiqatan-da noyob: o‘nlab yorqin konsert dasturlari, yuzlab kishilar va millionlab teletomoshabinlar – bu kabi loyiha ulkan finalga ega bo‘lishi kerak. Ishonaman-ki, Istiqlol San’at saroyidagi Gala-konsert Zo‘r-Zo‘r Star muxlsilari yodida uzoq saqlanib qoladi”.

Eslatib o‘tamiz, 7 iyunda aynan O‘zbekistonning eng yirik konsert maydonida loyiha yakunlari sarhisob qilinib, Zo‘r-Zo‘r Star g‘olibining ismi e’lon qilinadi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchlik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Odnoklassniki.ru eng ommaviy ijtimoiy tarmoqdagi o‘yin Gala-konsertga chipta olishning usullaridan biriga aylanadi. “Odnoklassniki”dagi Beeline Uzbekistan sahifasi qariyb 230 ming foydalanuvchiga ega va ularning har birida 500 ta chiptadan birini yutib olish imkoniyati bor”.

Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘i Zo‘r-Zo‘r Star loyihasining axborot hamkori hisobalnadi. Mazkur o‘yin haqidagi batafsil ma’lumotni www.odnoklassniki.ru/beeline.uz saytidan olishingiz mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system