“Sahro” guruhi: Zo‘r-Zo‘r STAR da ijro, ishtirokchi va yangicha talqin haqida

18-may kuni soat 20:00 da Forum TV orqali namoyish etilgan Zo‘r-Zo‘r STAR konserti barcha teletomoshabinlarda ishtirokchilar o‘zbek estradasi yulduzlari bilan birgalikda qatnashgan ulkan shou sifatida esda qolishi shubhasiz. Oskar va “Sahro” guruhining chiqishi shunday yorqin va tabiiy sahna chiqishlaridan biriga aylandi. Bu tabiiylik qanday yaratilgani haqida Daler Xonzoda, Daler Ametist va Oskar Jalilovning o‘zi bizga gapirib berdi.

Guruh ishtirokchilari:
— “Yolg‘izlik” qo‘shig‘ining o‘zi ancha mahzun va ta’sirchan qo‘shiq, buning ustiga u “Hip-Hop” uslubida ijro etiladi. Oskar bizga qo‘shiqning o‘z talqinini taklif qildi, unda yaqqol “Rock”-sadolarni eshitish mumkin. Uning g‘oyasi bizga juda yoqdi! Kompozitsiya “Hip-Hop”dan “Rock” yo‘nalishiga o‘zgarib ketdi va yangi hayotga ega bo‘ldi. Va biz, Zo‘r-Zo‘r STAR da tug’ilgan yangi sadolarni yaqin orada har bir kishi tinglashini istardik!

zor_23_05_2013

Oskar haqida shuni aytishimiz mumkinki, u o‘zini sahnada erkin his qiladigan, eng asosiysi esa, yuz berayotgan voqealardan huzurlanadigan juda iste’dodli yigit.

Oskar Jalilov:
— “Yolg‘izlik” qo‘shig‘ini loyiha boshlanishidan oldin yoqtirardim, shu bois “Sahro” guruhi bilan birga kuylashimni bilib, juda mamnun bo‘ldim. Dastavval menga boshqa kompozitsiyani taklif etishdi, u ham yaxshi edi, ammo men bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarolmasdim…

Trekning o‘zini qo‘lga olganimdan so‘ng unga “rok” sadolari havo kabi yetishmayotganini tushundim. Men “Rock”ni inson qalbining turli holatlarini – yolg‘izlikni ham, quvonchni ham, og‘riqni ham, muhabbatni ham bera oladigan musiqa deb hisoblayman.

zor_23_05_2013_1

Birgalikdagi dastlabki Zo‘r-Zo‘r STAR da repetitsiyalardanoq ijro paytida uni baholashlari haqida vaqtinchalik unutishga, shunchaki sahnaga chiqib, uni ijro etish hamda bundan iloji boricha ko‘proq huzurlanishga qaror qildik. Biz aynan shunday qildik ham!

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system