Nilufar Usmonova: «Zo‘r-Zo‘r STAR ishtirokchilarining hammasi iste’dodli va o‘ziga xoslikka ega»
23.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Nilufar Usmonova va Ulug‘bek Holiqov dueti bo‘lib o‘tgan sakkizinchi Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konsertining eng emotsional ijrolaridan biri bo‘ldi.

Repetitsiyalar qanday o‘tgani va sahna chiqishi qanday boсlgani haqida xonandaning o‘zi bizga so‘zlab berdi:

nil_23_05_2013

«Biz Ulug‘bek bilan birga ijro etgan qo‘shiq “Qaray olasanmi?” deb nomlanadi. Bu emotsiyalarga juda boy, energetikasi bo‘yicha kuchli kompozitsiya. Mana shuning o‘zigina uni to‘g‘ri kuylashni ancha murakkab qiladi. Qo‘shiqda milizmlar ko‘p, ularni hammayam ijro etolmaydi. Birinchi repetitsiyadanoq Ulug‘bek bunday qo‘shiqlarga hali duch kelmaganini tushundim. Shuning uchun bu ijro uning uchun katta tavakkal bo‘ldi.

Ammo unga qoyil qolish kerak! Qisqa vaqt ichida – bor-yo‘g‘i bir nechta repetitsiya jarayonida Ulug‘bek kerakli narsalarni o‘zlashtirib oldi. Albatta, bu asosan Zo‘r-Zo‘r STAR pedagoglarining ishi tufayli amalga oshdi.

Duetimizdan qoniqish hosil qildim! Ijroning o‘zi, biz sahnada qilgan harakatlar, sahnaga chiqishimizdan sal oldin tug‘ildi. Ayrim tomonlari esa to‘liq improvizatsiya bo‘ldi, ammo tashqaridan bu sezilmadi. Ya’ni biz artistlar sifatida bir-birimizni tushunib ishladik va sahnada bir-birimizni his qilib turdik.

O‘tgan safar Zo’r-Zo’r STAR da men Yana Baxtiyeva bilan birga kuylagandim, bu safar esa Ulug‘bek bilan, boshqa duetlarning chiqishlarini ham ko‘rdim. Shuni aytishim mumkinki, tanlov ishtirokchilarining hammasi iste’dodli, ular o‘ziga xoslikka ega. Albatta, men o‘zim bilan birga kuylagan ishtirokchilar uchun muxlislik qilaman, shunga qaramasdan qolgan hamma yigit-qizlarga ham omad tilayman! Ular hozirning o‘zidayoq g‘olib!».

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq