“Bilayn” “Ko‘p ishlar” Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida talabgorlarni kutadi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 24 may kuni SAIPRO axborot-reyting agentligi, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi, Yoshlarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish markazi va UzJobs rekruting portali tomonidan tashkillashtirilayotgan “Ko‘p ishlar” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etadi.

“Kompaniyamiz O‘zbekistondagi eng yaxshi ish beruvchilar ro‘yxatiga kiradi, “Bilayn”da qariyb bir yarim ming mutaxassislar faoliyat olib bormoqdalar va biz har yili yangi ish o‘rinlarini yaratmoqdamiz, – deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – “Bilayn”ga xodimlarni tanlash har doim maksimal darajada oshkora bo‘lib kelgan va shunday bo‘ladi ham va ertaga biz taqdim etadigan bo‘sh ish o‘rinlari – buning navbatdagi isboti”.

“Ko‘p ishlar” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi “O‘zekspomarkaz” MKM konferens-zalida Toshkent Xalqaro HR-Forumi doirasida o‘tkaziladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system