24 mayda Toshkent Xalqaro HR-Forumi doirasida “Uchinchi avlod” dasturi taqdim etiladi
23.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 24 mayda SAIPRO axborot-reyting agentligi tomonidan tashkillashtirilayotgan Toshkent Xalqaro HR-Forumi doirasida “Uchinchi avlod-2013” amaliyotlar dasturini taqdim etadi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Uchinchi avlod dasturi” O‘zbekistonda mana besh yildirki amalga oshirilib kelmoqda va ushbu davr mobaynida unda yuzlab iqtidorli talabalar ishtirok etib, ularning ko‘pchiligi kompaniyaga ishga qabul qilingan. Umid qilman-ki, “Bilayn” tajribasi korporativ sektorning boshqa vakillari uchun foydali bo‘ladi, yirik tashkilotlardagi amaliyotlar esa oliygohlarning eng yaxshi bitiruvchilari uchun me’yoriy amaliyotga aylanadi”.

“Uchinchi avlod” dasturining taqdimoti Oliygohlararo Karyera kunining bir qismi bo‘lib, Xalqaro Vestminster universitetida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” “Uchinchi avlod” dasturini ilk bor to‘rt yil avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916-son Qarori bilan tasdiqlangan, Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘rta muddatli istiqbolda innovatsion loyihalar va texnologiyalarni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar kompleksining amalga oshirish doirasida ishga tushirgan. Loyihaning maqsadi kompaniyada amaliyot o‘tash va istiqbolda ishga qabul qilish, shuningdek alohida murakkab hisoblangan bo‘sh ish o‘rinlari uchun professional zaxirani shakllantirishdan iborat.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq