Ziyoda: «Perkussiya yordamida Braziliya karnavali muhitini yarata oldik»

Sakkizinchi Zo‘r – Zo‘r STAR hisobot konsertida o‘zlarining ijrosi bilan tomoshabinlarni yana bir bor quvontirgan navbatdagi yulduzlar guruhining yorqin obrazlarini tomosha qilib, ajoyib ovozlarini tinglash mumkin edi. Shunday ijrochilar orasida taniqli xonanda Ziyodani ham ko‘rdik. U Rasul bilan ijodiy tandemni tashkil etib, ular birgalikda original brazilcha uslubda “So‘rab ko‘r” kompozitsiyasini ijro etdi. Bu qanday bo‘lganini xonandaning o‘zi so‘zlab berdi.

— Sakkizinchi hisobot konsertigacha bo‘lgan butun hafta davomida repetitsiyalar qizg‘in kechdi. Menga tayyorlanish jarayonining o‘zi, pedagoglarning tanlov ishtirokchilari bilan aktyorlik mahorati va xoreografiya bo‘yicha qanday ishlagani yoqdi. Ular ishtirokchilar bilan har bir harakat ustida puxta ishlashdi, sinxronlik bo‘lishini kuzatib borishdi. Afsuski, ish jadvalim zich bo‘lgani uchun repetitsiyalarga ko‘p vaqt ajrata olmadim, ammo shunga qaramasdan, biz Rasul bilan yaxshi chiqdik, tomoshabinlardan hatto bunchalik qizg‘in qarsaklarni ham kutmagandik. Biz hammasini o‘ylanganiday uddalay olganimizdan juda mamnunmiz.

zor_22_05_2013

Rasul iste’dodli yigit, u kelajakda, albatta, taniqli xonandaga aylanadi. Uning aranjirovkaga zarbli musiqa asboblarining tovushini qo‘shish g‘oyasi hammaga yoqdi, musiqa haqiqatan ham, yangicha yangradi. Perkussiya yordamida Braziliya karnavali muhitini yarata oldik. Raqs guruhiga ham katta minnatdorchilik bildirishni istardim, ularning qo‘llab-quvvatlashi tufayli sahna chiqishimiz yorqinlik va jo‘shqinlik kasb etdi.

zor_22_05_2013_1

Zo‘r – Zo‘r STAR loyihasining barcha ishtirokchilariga faqat omad tilayman, tashkilotchilar ularga o‘zlarini estradamizni zabt etishga tayyor bo‘lg‘usi yosh yulduzlar sifatida namoyon etish kabi noyob imkoniyatni taqdim etdi. To‘g‘ri, finalgacha ishtirokchilarning hammasiyam yetib bormaydi, ammo loyihani tark etgan har bir ishtirokchida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatish va mashhurlik sinoviga qay darajada tayyor ekanliklarini tushunib yetish uchun imkoniyat bo‘ldi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system