Shahzoda: «Afsuski, shunday ulkan loyiha o‘zining mantiqiy yakuniga yetmoqda»

Taniqli xonanda Shahzoda navbatdagi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsertida o‘zining ishtiroki bilan tomoshabinlarni yana mamnun qildi. U Roman Vetrov bilan birga «Seni sevaman» lirik qo‘shig‘ini ijro etdi. Roman ushbu sahna chiqishiga qo‘shgan yangi talqin original bo‘lib, musiqiy kompozitsiya zaldagi birortayam tomoshabinni befarq qoldirmadi. Kontsertga tayyorgarlik ishlari qanday borgani haqida xonanda Shahzodaning o‘zi bizga so‘zlab berdi.

— Afsuski, men repetitsiyalar borasida Romanga biroz pand berdim: uzrli sabablarga ko‘ra studiyaga tez-tez kela olmadim. U haqda bir narsani aytishim mumkin – u o‘zini qoyil qoladigan darajada tutdi. Bugun loyihani tark etishi kerakligini bila turib, qo‘shiqni a’lo darajada ijro etdi. Kishi o‘zini qo‘lda tutib turishi uchun katta mardlik va sabr-toqat kerak. U chehrasida tabassum bo‘lsa-da, ammo qalbining tubidagi ichki og‘riq bilan kuyladi va qo‘yilgan vazifani ideal darajada uddaladi. Shunday paytda insonni qo‘llab-quvvatlashim o‘zimga ham ichki bir yengillik berdi, unga samimiy omad tilayman. Uning uchun hammasi hali oldinda, u, albatta, mashhur insonga aylanadi va biz u haqda yana eshitamiz, deb o‘ylayman.

zor1_22_05_2013

Romada o‘ziga xos ijro uslubi bor. Kimgadir taqlid qilishga urinmasdan, ijroga o‘ziga xos nimanidir kiritish – bu juda to‘g‘ri, deb hisoblayman. U qo‘shiqni qanday his qilgani juda muhim, shu bois so‘zlar Romanning qalbidan yangradi. U bilan birgalikdagi chiqishimiz hammaga yoqadi, deb umid qilaman.

zor1_22_05_2013_1

Afsuski, shunday ulkan loyiha o‘zining mantiqiy yakuniga yetmoqda. U haqiqatan ham yosh iste’dodlarga o‘zlarini estradada to‘liq namoyon etish kabi noyob imkoniyatni taqdim etdi. Boshqa tomoshabinlarga kabi menga ham ishtirokchilarning ijodiy kamolini kuzatib borish qiziqarli bo‘ldi. Ularning hammasi finalgacha yetib borishga munosib, agar ular buni uddalay olmasa ham, umidsizlikka tushish va hammasiga qo‘l siltash kerakmas, chunki asosiysi g‘alaba emas, balki – ishtirokdir. Eng iste’dodli yigit-qizlarni albatta hamma ko‘radi. Barchaga omad va ijodiy yutuqlar tilayman.

zor1_22_05_2013_2

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system