Beeline dan maslahatlar: Internetdan to‘g‘ri foydalaning!

Biz Siz haqingizda qayg‘uramiz va shuning uchun ham smartfon egalariga mashhur OS Android misolida qisqa qoidalarni tavsiflab berishga qaror qildik. Ularga rioya qilgan holda Siz doimo Internet trafikka ketadigan xarajatlarni maqbullashtirib, o‘z balansingizni nazorat qila olasiz.

— Android nima?
Android (Android) – turli mobil uskunalarda qo‘llaniladigan portativ operatsion tizim. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan ko‘pchilik smartfon va planshetli kompyuterlarda Android operatsion tizimi o‘rnatilgan.

— Mobil telefonimda internet past tezlikda ishlaydi. Buning chorasi bormi?
Eng avvalo, telefoningiz 3G(WCDMA) tarmog‘ida ishlaydimi, agar ishlasa, u holda mazkur rejim yoqilganligini ko‘rish lozim. Agarda telefoningizda faqatgina 2G (EDGE) ishlasa va siz internetdan qulaylik bilan yuqori tezliklarda foydalanishni istasangiz, u holda Sizga ofislarimizda taklif qilinayotgan smartfonlardan dirini xarid qilishni tavsiya qilamiz: Bilayn telefonlari.

— Mobil telefonimda internetni qanday sozlashim mumkin?
1. Birinchi maslahatimiz – avtosozlovni amalga oshirish.
Internet va MMSni sozlash uchun 8000 raqamiga 1 raqami bilan xabar jo‘nating

Internetni sozlash uchun 8000 raqamiga 2 raqami bilan xabar jo‘nating

MMSni sozlash uchun 8000 raqamiga 3 raqami bilan xabar jo‘nating

Sizga telefonda saqlab qolish zarur bo‘lgan sozlamalar bilan xabar keladi. Shundan so‘ng Siz Mobil Internet hamda MMS-xabarlardan foydalanishni boshlashingiz mumkin.

8000 raqamiga xabar jo‘natish bepul.

2. Agarda avtosozlov ish bermasa, u holda sozalamani o‘zingiz amalga oshirishingizni taklif qilamiz. Bu bir qarashda tuyulganchalik qiyin emas!
Nastroyki — Besprovodnie seti — Mobilnaya set (Sozlamalar-Simsiz tarmoqlar-Mobil tarmoq) ga kiramiz. Keyin Tochki dostupa (APN) (Kirish nuqtalari) punkti. Menyu — Novaya tochka dostupa tugmasini bosamiz. Shu yerga kirish nuqtalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritamiz:
•Imya (Nomi) — Beeline
• APN (tochka dostupa): internet.beeline.uz
• Imya polzovatelya (Foydalanuvchining nomi): beeline
• Parol: beeline
• Tip proverki podlinnosti (Autentifikatsiya) (Asllikni tekshirish tipi): net (yo‘q)
• Tip tochki dostupa (Kirish nuqtasi tipi): default
• Menyu – Soxranit (Saqlash).

Sozlamalar kiritilganidan so‘ng sozlamalarda mobil ma’lumotlarni yetkazib berish xizmati yoqilganiga ishonch hosil qiling. Agar internet ishlamasa – telefonni o‘chirib, yoqing.

3. Agarda qandaydir sabab tufayli sozlovni amalga oshira olmayotgan bo‘lsangiz, Sizga 0611 raqami yordamida Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat etishingizni tavsiya qilamiz.

— Internetga kirmasam ham, nega Internet trafik sarf bo‘ladi?

Quyida Sizni Android dagi smartfonning foydalanilishi Internetga ulangan holatni talab qiluvchi asosiy ilovalari bilan tanishtiramiz.

Golosovoy poisk (Ovozli qidiruv) – Google qidiruv tizimi yordamida qidiruv so‘rovini ovoz yordamida kiritib, axborotni topish imkoniyati.

Google Market (Google Play) – telefon funksionalini kengaytirish imkonini beruvchi, yuklab olinuvchi o‘yin hamda ilovalar rastasiga oddiy va tez kirish imkoniyati.

Google Mail – pochta qutisini boshqarish imkonini beradi (yozish, o‘qish, o‘chirish, Sizning @gmail.com akkauntingizdagi xabarlarni boshqa joyga yuborish).

Karti (Maps) (Xaritalar) — Karti Google™ (Google™ Xaritilar) ilovasi ko‘cha, shahar va davlatlarning interaktiv xaritalarini topish, shuningdek yo‘nalish chizmalarini olish imkonini beradi.

YouTube – YouTube da video ko‘rish va uni jo‘natish imkonini beruvchi ilova.

Internetda istalgan ma’lumotlar lamashinuvi – tarifikatsiyalanadi, shuning uchun birinchi navbatda Android faoliyatida trafik nima uchun sarflanishini bilish lozim.

1. Vidjetlarning yangilanishi, ularda axborot internetdan olinadi. Ish stoliga ko‘plab vidjetlarni o‘rnatilishi (ob-havo, madaniy tadbirlar jadvali, yangiliklar va shu kabi) trafikning sarflanishiga olib keladi, chunki ko‘pchilik holatlarda vidjetlar mustaqil ravishda yangilanadi. Yaxshisi ish stolidan kerak bo‘lmagan vidjetlarni olib tashlash lozim.

2. Ilovalarning avtomatik yangilanishi – bu Android Market dan o‘rnatilgan dasturlarning avtomatik tarzda yangilanishi. Agar Siz ushbu funksionalni o‘chirib qo‘yishni istasangiz, buni amalga oshirish o‘ta oddiy — Google Market da «Menyu» tugmasini bosing va «Auto-update app» o’chirilganligiga ishonch hosil qiling. «Auto-update app» ni o‘chirib, Siz o‘rnatilgan ilovalar yangilanishi faqatgina Sizning ruxsatingiz bilan amalga oshishiga ishonishingiz mumkin.

3. Android operatsion tizimining yangilanishi. Bu yerda ham yangilanishning yuklanishiga Sizning ruxsatingizni o‘rnatish yoki umuman yangilanishni o‘chirib qo‘yish mumkin (tavsiya qilinmaydi). Bu quyidagicha amalga oshiriladi Nastroyki (Sozlamalar) — O telefone (Telefon haqida) — Obnovleniya sistemnogo PO (Tizimli PO yangilash) «Sprashivat pered zagruzkoy» (“Yuklashdan oldin so‘rash”) ni tanlang. Yangilanish mavjudligi haqida xabar olinganidan so‘ng, uni zarur bo‘lgan paytda yuklab olishingiz mumkin.

4. Ma’lumotlarni sinxronlashtirish – turli veb-serverli ma’lumotlarni sinxronlashtirish, shuningdek ma’lumotlarni zaxira nusxasini yaratish va ularni tiklash imkonini beradi. Internet trafikni hisoblaganda Avtomatik sinxronizlashtirishni o‘chirib qo‘yishni (Nastroyki (Sozlamalar) ? Uchetnie zapisi i sinxronizatsiya (Hisobga olingan qaydlar va sinxronizatsiya), Avtomatik sinxronizlashtirish punkti o‘chirilganligiga ishonch hosil qiling, uning oldidagi bayroqchani olib tashlang) va zarur hollarda qo‘lda boshqariladigan ma’lumotlarni sinxronlashtirishdan foydalaning (Nastroyki (Sozlamalar) ? Uchetnie zapisi i sinxronizatsiya (Hisobga olingan qaydlar va sinxronizatsiya). Hisobga olingan qaydlarni tanlang. ? Sinxronizirovat seychas (Hozir sinxronlashtirish) punktini tanlang. Telefon tanlangan ma’lumotlarni sinxronlashtirishni boshlaydi).

5. Sinxronizatsiya – telefon berilgan veb-serverli qaydlar va tadrijiy voqealar, kontaktlarni sinxronlashtirish imkonini beradi. Sinxronlashtirish profilini sozlash:
1 Nastroyki (Sozlamalar) ? Set (Tarmoq) ? Sinxronizatsiya punktini tanlang.
2 Noviy profil (Yangi profil) punktini tanlang va profil parametrlarini sozlang.

6. Mobil internetni kerak bo‘lmaganda umuman o‘chirib qo‘yish. Buni Sozlamalar – simsiz aloqa — mobil internet (belgini olib tashlash) yordamida amalga oshirish mumkin.

— Men internetdan ko‘p va tez-tez foydalanaman. O‘z xarajatlarimni qisqartirish uchun nima qilishim kerak?

Siz faol internet foydalanuvchisi bo‘lsangiz va o‘z xarajatlaringizni maqbullashtirishni istasangiz, Internet-paketlardan foydalanishni tavsiya qilamiz.

— Men Odnoklassniki/Facebook/Vkontakte va boshqa shu kabilarga ko‘p kiraman. Menga xarajatlarimni maqbullashtirish uchun qaysi tarif yoki xizmatni tavsiya qilasiz?
Sizga «Vse v seti!» (“Barcha tarmoqda!”) xizmatidan foydalanishni tasiya qilamiz

Android operatsion tizimi Internet-resurslardan foydalanilganda to‘liq faoliyat ko‘rsatadi. Shuning boisdan internet doimiy yoki uzoq vaqt o‘chirib qo‘yilsa, smartfoningizni to‘liq va to‘g‘ri faoliyatini ta’minlovchi ushbu tizimning ko‘p foydali vazifalaridan ajralib qolish mumkin.

Yodda tuting, Internetni o‘chirish telefonda o‘rnatilgan ilovalarning ayrim servislarini to‘xtashiga olib kelishi mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system