Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasida o‘tgan haftaning eng qiziqarli tafsilotlari
21.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Kunlar juda tez o‘tmoqda, ayniqsa, ular turli-tuman mashg‘ulotlar va repetitsiyalardan iborat zich ish jadvaliga asoslangan bo‘lsa, bu juda yaqqol seziladi. Aynan shuning uchun Zo‘r – Zo‘r-STAR loyihasi ishtirokchilarining hayotidagi yana bir ijodiy hafta ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketdi. Ushbu 7 kun qanday o‘tgani va ishtirokchilarning loyihadagi hayotidan olingan qiziqarli tafsilotlarni bugungi obzordan bilib olasiz.

Aytish joizki, ishtirokchilarning kundalik hayoti faaqtgina zo‘r berib konsertga tayyorlanishdan iborat emas. Oraliqdagi tanaffuslarda ular faol hordiq chiqaradi: badminton, futbol o‘ynashadi, roliklarda uchishadi – ular chigal yozadigan sport turlari ana shulardan iborat.

zor_21_05_2013

Hordiq – hordiq bilan-u, lekin final arafasida ishtirokchilar kuchlarini bir yerga jamlashga va o‘z chiqishlari ustida ko‘proq ishlashga harakat qilishmoqda. Ularni sakkizinchi hisobot konsertiga pedagoglardan tashqari taniqli xonandalar ham tayyorladi, chunki bu safargi konsert ular bilan birgalikda kuylanadigan qo‘shiqlardan iborat bo‘ldi. Xususan, o‘tgan hafta davomida Zo‘r – Zo‘r-STAR-studiyasida Zulayho Boyxonovani, Abdulla Shmag‘rupovni, Ziyoda, Shahzoda, Nilufar Usmonovani va “Sahro” guruhini ko‘rish mumkin edi.

18-may soat 20:00 da Forum TV orqali namoyish etilgan navbatdagi hisobot konserti birgalikdagi mashg‘ulotlarning natijasiga aylandi.

zor_21_05_2013_1

Loyihani bu safar Roman Vetrov tark etdi. Zulayho Boyxonova va Yana Baxtiyeva dueti esa eng ko‘p ball olishga muvaffaq bo‘ldi.

Endi loyihada bor-yo‘g‘i besh nafar ishtirokchi qoldi, loyihadan chiqib ketishga da’vogarlar orasida Ulug‘bek Holiqov, Rasul Tursunqulov va Oskar Jalilovni ko‘rish mumkin. Oskar bu nominatsiyaga ilk bor tushganini qayd etamiz. U bu nominatsiyada o‘zini qanday his qilayotganini “O‘zbegim Taronasi” radiostansiyasining yakshanba efirida istagan kishi tinglashi mumkin edi.

zor_21_05_2013_2

Aytganday, efir haqida. Bir yarim soat davomida radiostantsiya boshlovchilari hamda uning tinglovchilari tanlov ishtirokchilariga turli savollar bilan murojaat qilishdi. Uchala “da’vogar” ham ularga hazil-mutoyiba bilan javob berdi. Hay’atning doimiy a’zolaridan biri Alisher Uzoqov radiostansiyaga ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashrif buyurganini ham ta’kidlash joiz. Taniqli aktyor radio tinglovchilarga sahna chiqishlarini baholash jarayoni qanday kechishi haqida gapirib berdi.

Shuningdek, o‘tgan hafta loyiha ishtirokchilaridan biri Nurali Shukurullayevning tanlovdan chetlatilgani bilan ham esda qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, Nurali loyihada qatnashish jarayonida faol tarzda mobil telefondan foydalangan hamda o‘zboshimchalik bilan loyihadan tashqariga chiqib-kelib turgan. Tanlov ishtirokchilari yuzaga kelgan vaziyatdan biroz xafa, albatta, biroq qoidalar hamma uchun baravar ekanini va ularga amal qilish tashkilotchilarga ham, ishtirokchilarga ham birday taalluqli ekanini yaxshi tushunishadi.

zor_21_05_2013_3

Oldin aytib o‘tganimizday, hozir ishtirokchilar bo‘lg‘usi konsertga faol tayyorgarlik ko‘rishmoqda, bu safar uning mavzusi eski o‘zbek filmlariga yozilgan saundtreklarga bag‘ishlanadi. Yigit-qizlar oldilariga qo‘yilgan vazifani qanday uddalashini 25-may kuni soat 20:00 da Forum TV kanali orqali tomosha qilishimiz mumkin.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq