Sakkizinchi Zo‘r – Zo‘r STAR hisobot konserti
20.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Zo‘r – Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasining ishtirokchilarini finaldan faqat bir qadam, bitta hisobot konserti ajratib turibdi. Demak, loyihaning uch nafar g‘olibining nomini juda tez orada bilib olamiz!

zor_20_05_2013

Hozircha esa, o‘tgan shanba kuni Forum TV telekanalida namoyish etilgan sakkizinchi hisobot konsertiga qaytamiz.

Bu safar tanlov ishtirokchilari o‘zbek estradasi yulduzlari bilan barcha tomoshabinlarning esida qolgan 6 ta yorqin sahna chiqishini tayyorlashdi. Artistlarning o‘zi hafta davomida Zo‘r – Zo‘r STAR-studiyaga muntazam ravishda kelib, ishtirokchilar bilan birgalikda repetitsiyalar qilishdi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarning ko‘pchiligi o‘z g‘oyalarini taklif etishdi, o‘z navbatida, ular shu zahotiyoq amaliyotga tatbiq qilindi. G‘oyalarning o‘ziga esa sal keyinroq to‘xtalib o‘tamiz.

zor_20_05_2013_1

Har bir konsert uchun ishtirokchilarning chiqishlarini baholab boruvchi nufuzli hay’at shakillantiriladi. Bu safar ular quyidagi san’at va madaniyat vakillaridan iborat bo‘ldi:

Munojat Yo‘lchiyeva — O‘zbekiston xalq artisti;
Abduhoshim Ismoilov — O‘zbekiston xalq artisti;
Tohir Qo‘ziyev — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Sato” guruhining yakkaxoni;
Alisher Uzoqov — o‘zbek kinematografiyasining taniqli aktyori;
Jahongir Poziljonov — taniqli xonanda, “Bojalar” guruhining yakkaxoni.

zor_20_05_2013_2

An’anaga ko‘ra, har bir konsert dasturi “Beeline” abonentlarining SMS-ovoz berish natijalarini e’lon qilishdan boshlanadi. Ballarning yakuniy jadvaliga ko‘ra, bu safar nominantlar quyidagi tarzda joylashdi:

1. Ulug‘bek Holiqov
2. Rasul Tursunqulov
3. Roman Vetrov

Jadvaldan ko‘rib turganimizday, Roman eng kam ball olgan ishtirokchiga aylandi, bu esa u loyihani tark etishi kerakligini bildiradi. Ammo ishtirokchilarning birortasiyam konsert doirasida tayyorlangan qo‘shiqni ijro etmagunicha tanlovni tark etolmaydi.

zor_20_05_2013_3

Yuqorida qayd etilganiday, konsert o‘zbek estradasining taniqli xonandalari bilan duetdan iborat bo‘ldi. Roman xonanda Shahzoda bilan birga “Seni sevaman” qo‘shig‘ini ijro etdi.

Rasul Tursunqulov va xonanda Ziyoda dueti esa “So‘rab ko‘r” musiqiy kompozitsiyasini kuyladi. Ushbu sahna chiqishi juda yorqin va Braziliya karnavali ruhida ijro etildi. Aytish joizki, tanlov ishtirokchisining o‘zi qo‘shiqqa jazirama Lotin Amerikasi ohanglarini kiritishni taklif etdi.

zor_20_05_2013_4

Loyihadan chiqib ketishga “da’vogarlar”ning chiqishini Ulug‘bek Holiqov va Nilufar Usmonova ijrosidagi “Qaray olasanmi?” qo‘shig‘i yakunladi. Qo‘shiq emotsional jihatdan juda ifodali chiqdi, shu bois u tomoshabinlarning esida qolishiga shubhamiz yo‘q.

Konsertni Shahlo Ahmedova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulla Shomag‘rupov davom ettirdi. Ular birgalikda “Xoh inon, xoh inonma” musiqiy kompozitsiyasini kuyladi. Ishtirokchi milizmlarga to‘la qo‘shiqni “a’lo” darajada ijro etib, hay’at a’zolarining munosib bahosiga sazovor bo‘ldi.

zor_20_05_2013_5

Sahnaga “Sahro” guruhi bilan birgalikda chiqqan Oskar Jalilovni guruh a’zolaridan ajratib bo‘lmasdi. Xonandalar triosi bir-biriga juda mos tushdi! Keyinchalik artistlarning o‘zi bizga aytishicha, repetitsiyalardan birida Oskar “Yolg‘iz” qo‘shig‘ini tovush planida ham, vokal planida ham “og‘irlashtirish”ni taklif etgan. Bu kompozitsiyaga betakror ohang berganini konsertning o‘zi ham ko‘rsatdi!

Konsert dasturini Yana Baxtiyeva va O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonovaning birgalikdagi chiqishi yakunladi. Yana hafta davomida taniqli xonanda boshchiligida puxtalik bilan repetitsiya qildi, chunki u tanlagan qo‘shiq juda murakkab edi. Milizmlarga to‘la ushbu kompozitsiya alohida ijroni talab etardi. O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek maqomlarining bosh ijrochisi Munojat Yo‘lchieva boshchiligidagi hay’at tarkibi uning chiqishini yuqori baholadi. Ushbu yulduzli duet sakkizinchi hisobot konsertining eng yaxshisi nomini oldi. Demak, Yana keyingi konsertda o‘zi uchun maxsus yozilgan qo‘shiqni ijro etib beradi.

zor_20_05_2013_6

O‘tgan haftaning yetakchisiga aylangan Shahlo esa yangi “Yuragim beray” kompozitsiyasini ijro etdi. Bu safar ishtirokchi tomoshabinlar oldida mutlaqo yangi uslubda namoyon bo‘ldi: jo‘shqin qo‘shiq va jo‘shqin obraz!

zor_20_05_2013_7

Har bir konsert sahna chiqishlari uchun qo‘yilgan ballarni e’lon qilish bilan yakunlanadi. Ballarning yangi yakuniy jadvaliga ko‘ra, bu safar “tanlovdan chiqib ketish” nominatsiyasiga loyihaning yigitlari tushgan. Bular:

Ulug‘bek Holiqov;
Rasul Tursunqulov;
Oskar Jalilov.

Endi bu ishtirokchilarning keyingi taqdiri “Beeline” abonentlarining qo‘lida. Shunday ekan, agar ular sizga befarq bo‘lmasa – ovoz bering!

zor_20_05_2013_8

Loyihada Ulug‘bek qolishini istasangiz, 7777 qisqa raqamiga 2 kodi yozilgan xabarni yuboring.
Rasulni esa, 7777 qisqa raqamiga 3 kodi yozilgan xabarni jo‘natgan holda, qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.
Agar 7777 qisqa raqamiga 10 kodi yozilgan raqamni yuborsangiz, Oskarni qutqarib qolasiz.

zor_20_05_2013_9

Biz esa, 7-iyun kuni “Istiqlol” saroyida bo‘lib o‘tadigan ulkan gala-konsertdan oldin bizni yana bir hisobot konserti kutayotganini eslatib o‘tamiz. Uni istagan muxlis 25-may kuni soat 20:00 da Forum TV telekanali orqali tomosha qilishi mumkin.

zor_20_05_2013_10

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq