«Bilayn»dan rouming yangi hududlarda

Yagona aloqa operatori «Bilayn» (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro rouming geografiyasining navbatdagi kengayririlganligi haqida xabar beradi. MIC2 (Livan) kompaniyasi bilan Ovozli rouming xizmatini ko`rsatish shartnomasi imzolandi. Endilikda CAMEL-rouming xizmati Gibtelecom (Gibraltar) va XL (Indoneziya) hamkorlik tarmog`larida amal qiladi.

beeline_3_04_2013

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Bilayn” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi. CAMEL-rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar — jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system