Ucell Best Soft Uzbekistan 2013 bosh homiysi bo‘ldi
17.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Ucell mobil aloqa operatori har yili o‘tkaziladigan Best Soft Uzbekistan 2013 dasturiy mahsulotlar Xalqaro forum-ko‘rgazmasining bosh homiysi bo‘ldi.

O‘zbekiston dasturiy mahsulotlar sanoati tarmog‘ining ananaviy Best Soft Uzbekistan 2013 dasturiy mahsulotlar Xalqaro forum-ko‘rgazmasi 15-16 mayda o‘tkaziladi. Mazkur tadbir respublikaning softver industriyasining dasturiy mahsulotlar sanoati sohasidagi yutuqlari, shuningdek, “elektron hukumat” joriy qilish jarayonini namoyish qilishga yo‘naltirilgan.

ucell_16_05_2013

Mazkur tadbir bir necha qismdan iborat, ya’ni dasturchilar forumi, dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi, «O‘zbekistonda dasturiy mahsulotlar bozorining ahvoli va keyingi rivojlanish istiqbollari: qonunchilikni takomillashtirishning ustuvor vazifalari” mavzusida davra suhbati, shuningdek, IT-mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkaziladi.

Ucell O‘zbekiston mobil aloqa bozorida keng miqyosda xizmat ko‘rsatuvchi innovatsion operator sifatida o‘z o‘rnini egallagan. Ucell birinchilardan bo‘lib, 4G tarmog‘ini sinov tartibda, M2M-yechimlarni innovatsion texnologiyalar tariflarni, mobil ilovalarni foydalanishga topshirdi. Shuningdek, mobil aloqa operatori xizmatlaridan foydalanish sifati va qulayligini oshirishga qaratilgan boshqa ko‘plab servislarni yaratdi.

ucell_16_05_2013_1

«Respublika dasturiy ta’minoti sohasidagi tantanali voqeaga Ucellning homiylik qilishi ramziy ma’noga ega. Chunki aynan telekommunikatsion kompaniyalar eng yangi ishlanmalarni hayotga tatbiq etadilar va ular aholining keng qatlamlari uchun foydalanish imkonini yaratadilar, — dedi Best Soft Uzbekistan 2013dagi ishtirokni izohlab, Ucell korporativ aloqalar mutaxassisi Umida Ziyamova, – shunday tadbirlarni tashkillashtirishda Ucellning ko‘magi O‘zbekiston softver industriyasini yanada rivojlanishida yordam berishiga ishonaman.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq