Super Visa: “Bilayn” roumingida 90% chegirmali qo‘ng‘iroqlar
17.05.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro roumingda Beeline Super Visa yangi xizmat ishga tushirilgani haqida xabar qiladi. Endilikda kompaniya abonentlari xorijiy safarlar paytida daqiqasiga atigi $0,29 evaziga telefonda muloqot qilishlari mumkin.
Beeline Super Visa xizmatidan foydalanish uchun *110*333# kodini terishning o‘zi kifoya va bir kunlik muddatga 20 bepul daqiqalarni qo‘lga kiritasiz. Paketga ulanishning bahosi $5,90. Paketdan tashqari daqiqalar $0,29 super baho bo‘yicha tarifikatsiya qilinadi.
“Biz mijozlarimiz foydasiga yana bir qadam qo‘ydik, – qayd qildi Unitel tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Endilikda roumingdagi qo‘ng‘iroqlarning bahosi o‘rta hisobda 90% ga arzonlashtirildi va “Bilayn” abonentlari safarlarda xuddi o‘sha pullar evaziga yanada ko‘proq muloqot qila oladilar”.
Paketga O‘zbekistonga va bo‘lib turgan davlatga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish shuningdek roumingdagi barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar kiritilgan. Imtiyozli tariflar Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Armaniston, Gruziya, Qirg‘izistonda Beeline tarmoqlarida Camel-roumingda ro‘yxatdan o‘tganda, Ukarinada Kievstar operatori tarmog‘ida, Italiyada esa – Wind operatori tarmog‘ida amal qiladi.
Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan. Batafsil ma’lumot 0636 va www.beeline.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi