Zo‘r-Zo‘r STAR madhiyasi “Bilayn” otashin o‘ntaligida yetakchilik qilmoqda
16.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Mening musiqam” (Ring Back Tone (RBT) – kutish gudoklari o‘rniga musiqa) xizmati ringtonlarining TOP-10 taligi taqdim etadi.

beeline_16_05_2013

“Zo‘r-Zo‘r STAR madhiyasi mavsumning haqiqiy xitiga aylandi, – voqeani sharhlaydi qo‘shiq so‘zlarining muallifi Oraz Abdurazakov. – Ko‘p millionlik auditoriya loyihaning borishi va uning ishtirokchilarining taqdirini kuzatib bormoqda, boshlang‘ich yulduzlarning o‘z muxlislari paydo bo‘lmoqda, shunday ekan, teleshouning bosh musiqasi TOP-10 RBTda yetakchilik qilayotganiga ajablanmasaham bo‘ladi”.

beeline_16_05_2013_1

“Mening musiqam” xizmati 2007 yil iyun oyida ishga tushirilgan. U qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent uchun standart ulanish signalini ommaviy musiqa, hazil yoki g‘aroyib tovush bilan almashtirish imkonini beradi. Endilikda “Mening musiqam” http://sm.beeline.uz saytidan musiqa xarid qilinganda, 0644 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinganda, shuningdek, musiqani ko‘chirib yoki sovg‘aga olganda avtomatik ravishda ishga tushadi. Bundan tashqari, do‘stingizning sizga yoqib qolgan musiqasini, agar u ham “Bilayn” abonenti bo‘lsa, osongina ko‘chirib olish mumkin. Buning uchun musiqani gudok o‘rnida eshitayotgan vaqtda * ni terish zarur. Bundan keyin telefonga SMS keladi, unga, agar do‘stngizning musiqasini o‘rnatishni istasangiz, “Ha” so‘zi, istamasangiz, “Yo‘q” so‘zi bilan javob qaytarishingiz kerak.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq