Ucell nufuzli Asia Communication Awards 2013 mukofotining “Yil operatori” nomzodi bo‘ldi

Ucell mobil operatori Asia Communication Awards 2013 nufuzli mukofotining “Yil operatori” nominatsiyasi nomzodlari ro‘yxatidan o‘rin oldi.

Asia Communication Awards mukofoti aloqa sohasining yirik mustaqil sovrinlaridan biri hisoblanadi. Osiyo telekommunikatsiya kompaniyalar va menejerlariga innovatsiya sohasidagi yutuqlari, samarador mahsulotlar va xizmatlar tavsiyasi bilan industriya taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari uchun mazkur mukofot bilan taqdirlanadilar.

O‘tgan yil “Yil operatori” nominatsiyasida GSM tarmog‘ining Filippindagi 47.7 mln. abonent a’zolari bilan Smart Communications, Inc. (Smart) kompaniyasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

“Ucell bugungi kunda O‘zbekistonning yetakchi telekommunikatsiya kompaniyasiga aylandi. Kompaniya nufuzini ko‘tarish maqsadida qilayotgan harakatlarimiz – tarmoqni rivojlantirish va sifatli xizmat ko‘rsatish borasidagi innovatsion qarorlarimiz yuksak baholanib, sohaning eng obro‘li mukofoti sovrindori bo‘lganimizdan xursandmiz”, – deydi Ucell Bosh direktori Ali Agan.

Ucell bilan birgalikda “Yil operatori” nominatsiyasiga Smart Communications (Filippinlar), StarHub (Singapur), Telstra Global (Avstraliya) va Unitel (Mongoliya) kabi bir qator kompaniyalar ham nomzod bo‘ldilar.

Asia Communication Awards 2013 mukofoti g‘oliblari 2013-yil 20-iyunda e’lon qilinadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system