Rustam Hamroqulov: «Oldinda mutlaqo yangi va qiziqarli duetlar kutmoqda, ular muxlislarni hayron qoldirishi shubhasiz»
15.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Har bir Zo‘r-Zo‘r-STAR hisobot konserti ustida tashkilotchilar, pedagoglar va, albatta, tanlov ishtirokchilarining o‘zi ishlaydi. Bor-yo‘g‘i yetti kun ichida yuqorida tilga olingan jamoa ulkan shouni tayyorlaydi, o‘z navbatida uni istagan kishi shanba kuni soat 20:00 da Forum TV orqali tomosha qilishi mumkin.

Navbatdagi konsert dasturi qanday bo‘lishi va u bizni nimalar bilan xursand qilishi haqida ishtirokchilarning vokal bo‘yicha pedagogi Rustam Hamroqulov so‘zlab berdi.

Bundan oldingi konsert tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi – u haqda bir talay ijobiy fikr-mulohazalarni oldik. Yoshlar Botir Zokirovning qo‘shiqlarini biroz unutgan, bizning yigit-qizlar esa uning eng yaxshi qo‘shiqlarini ijro etib, u haqda yana bir bor eslatib qo‘yishdi. Aytish joizki, ishtirokchilar bu qo‘shiqlarni o‘z uslublarida va talqinlarida ijro etishdi. Nazarimda, bo‘lib o‘tgan konsert tanlov ishtirokchilarida ijodiy o‘sish yuz berganini namoyish etdi.

zor_15_05_2013

Bo‘lg‘usi konsert o‘zbek estradasi yulduzlari bilan kuylanadigan duetlardan iborat bo‘ladi. Siz ularni oldingi konsertlardan birida ko‘rgan edingiz, ammo bu safar biz juftliklarni almashtirdik. Oldinda bizni mutlaqo yangi va qiziqarli duetlar kutmoqda, ular muxlislarni hayron qoldirishi shubhasiz.

Shunday qilib, Shahlo O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulla Shomag‘rupov bilan birga kuylaydi. Kompozitsiya milliy qo‘shiqdan iborat bo‘lib, unda milizmatika ko‘p. Shahlo oldinlari faqat estrada qo‘shiqlarini ijro etganini inobatga oladigan bo‘lsak, bo‘lg‘usi konsert bu ishtirokchimiz uchun o‘zgacha bo‘ladi. Repetitsiyalardan birida Abdulla Shomag‘rupovning o‘zi qatnashmagunga qadar Shahlo “buni uddalay olarmikanman”, deb qo‘rqqandi. Abdulla Shomag‘rupov qo‘shiqni aynan qanday kuylash kerakligini ko‘rsatib berganidan keyin ishtirokchi ancha xotirjam, o‘ziga ishongan holda va yaxshiroq mashq qila boshladi.

Oskar taniqli “Sahro” guruhi bilan birga kuylaydi. U tanlagan qo‘shiqning o‘zi “yumshoq”, biz esa Oskar “og‘ir” rokerlik vokalini yoqtirishini bilamiz. Buning ustiga u improvizatsiya qilishni juda yaxshi ko‘radi. Bularning hammasi bo‘lg‘usi sahna chiqishida o‘z aksini topishiga shubham yo‘q. Qo‘shiq aranjirovkasining o‘ziga ham rok-tovush elementlari qo‘shildi.

O‘tgan konsertda Botir Zokirovning “Arab tangosi” qo‘shig‘ini tinglar ekan, Yana milliy kompozitsiyalarni to‘g‘ri ijro etishni o‘rganish istagini bildirgandi. Shu bois u aynan O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova bilan duetni tanladi. Qo‘shiq juda murakkab, Yana uni qanday uddalashini tez orada tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Zulayhoning o‘ziga alohida to‘xtalishni istardim. U loyihada qatnashishga juda mas’uliyatli yondashyapti. Ushbu duetning repetitsiyalari har kuni o‘tkazilyapti.

zor_15_05_2013_1

Rasul xonanda Ziyoda bilan birga kuylaydi. Konsert chiqishi uchun ular juda jo‘shqin kompozitsiyani tanlagan. Buning ustiga Rasul aranjirovkani boyitgan holda uni yanada yorqinroq qilishga muvaffaq bo‘ldi. Qo‘shiq juda yaxshi chiqdi, tez orada bunga o‘zingiz ishonch hosil qilishingiz mumkin bo‘ladi!

Ulug‘bek o‘zbek estradasining taniqli xonandasi Nilufar Usmonova bilan duetda kuylaydi. Qo‘shiqda milizmatika juda ko‘p. Ammo ishtirokchi buni uddalay olsa kerak, chunki u oldingi konsertda bundan ham murkkabroq milliy qo‘shiqlarni kuylay olishini ko‘rsatgandi.

Roman xonanda Shahzoda bilan duet ijro etadi. Bu raqsbop qo‘shiq, klub kompozitsiyasi desa ham bo‘ladi. Roma uchun ham bu o‘ziga xos sinov bo‘ladi. Shu bois u qo‘shiqni estrada uslubida ijro etishga harakat qilib, muntazam ravishda shug‘ullanmoqda.

Shu o‘rinda, artistlarning o‘zlari tanlov ishtirokchilarining g‘oyalari va takliflariga juda ijobiy munosabatda bo‘lishayotganini, ularni amalga oshirishga bajonidil ko‘maklashayotganini ta’kidlashni istardim. Bu g‘oya va takliflar musiqada va vokalda yangicha yangramoqda, chunki har bir ishtirokchi tanlangan kompozitsiyaga o‘ziga xos bo‘lgan nimanidir olib kiryapti.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq