O‘zbekistonning eng yirik operatori I chorakda tarmoqni rivojlantirish uchun $59 000 000 yo‘naltirdi
15.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

“Bilayn”ning O‘zbekistondagi abonentlari soni 2013 yilning boshidan 109 000 kishiga ko‘payib, I chorak yakunlari bo‘yicha 10 303 000 kishini tashkil qildi. Mazkur davr mobaynida kompaniyaning kapital xarajatlari 59 million AQSH dollaridan oshdi.

2013 yil 15 mayda eng yirik telekommunikatsiya xizmatlarining xalqaro provayderlaridan biri Vimpelcom Ltd (“Bilayn” savdo belgisi) I chorak uchun o‘zining moliyaviy va operatsion natijalarini e’lon qildi.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi sof operatsion daromadi o‘tgan chorak darajasida saqlanib qolib, 157 mln AQSH dollarini tashkil qildi. Bunda 2012 yilning analogik davriga nisbatan daromadning o‘sishi 100% ni tashkil qildi (79 mln dollardan). EBITDA ko‘rsatkichi (asosiy vositalarning ishdan chiqishi, nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq zararlarni ayirib tashlashgacha bo‘lgan operatsion foyda) O‘zbekistonda yil davomida 192% ga o‘sdi ($35 mln dan $102 mln gacha). Bunda operatsiyalarning marjinalligi 20,6 foizlik punktga oshdi.

beeline_15_05_2013

“Bilayn” mobil aloqasining O‘zbekistondagi abonentlari soni birinchi chorak yakunlari bo‘yicha 10 303 000 kishiga qadar o‘sdi. Shunday qilib, yil davomida abonentlik shartnomalirining o‘sish ko‘rsatkichi qariyb 3 000 000 ni tashkil qildi (+40%). Bir oyda bitta mobil aloqasi abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) chorakdan chorakka qadar qariyb 6% pasaydi. MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar ko‘rsatkichi) – bir yil avvalgi 376 daqiqaga nisbatan 425 daqiqa.

Vimpelcom Ltd ning birinchi chorakdagi birlashtirilgan daromadi 5,6 milliard AQSH dollari darajasida saqlanib qoldi. EBITDA ko‘rsatkichi 2,348 milliard AQSH dollari darjasida belgilandi (yildan yilga 2% o‘sish), EBITDA birlashtirilgan marjasi esa 42% ni tashkil qildi.

“Xuddi o‘tgan yilning oxirida bo‘lgani kabi, tarmoq va aloqa kanallarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish “Bilayn”ning O‘zbekistondagi ustuvor vazifasi bo‘lib qolmoqda. Birinchi chorakda biz yangi uskuna hamda zamonaviy asosiy stansiyalarni sotib olish uchun investitsiyalarni qariyb 50 foiz oshirdik – yanvardan martga qadar ushbu maqsaddagi qo‘yilmalar 59 million dollarni tashkil qildi. Hozir mazkur uskunalarni o‘rnatish jarayoni ketmoqda va xalqaro internet-kanalni kengaytirish kabi rejalashtirilgan masala bilan birgalikda xizmatlarimizning sifatini oshirish davom ettiriladi”, – chorak yakunlarini sharhladi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq