Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining o‘tgan haftadagi qiziqarli tafsilotlari
14.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasi ishtirokchilarining yana bir yulduzli haftasi bir zumda o‘tib ketdi. U yangi qiziqarli voqealarga boy bo‘ldi. Tanlov ishtirokchilari Botir Zokirovning ijodiga bag‘ishlangan bo‘lg‘usi hisobot konsertiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi.

zor_14_05_2013

O‘tgan haftada xalqimiz uchun aziz bo‘lgan bayram – Xotira va qadrlash kuni nishonlandi. Zo‘r-Zo‘r STAR ishtirokchilari ham ushbu voqeadan chetda qolmasdan, Ikkinchi Jahon urushida halok bo‘lgan askarlarning xotirasini yod etishdi. 9-may kuni soat 12.00 da “Qardoshlar qabristoni” yodgorlik majmuida parad yurishi o‘tkazildi, unda yigit-qizlar yodgorlik poyiga gullar qo‘yishdi.

Bayramdan tashqari ishtirokchilarni yettinchi hisobot konsertiga tayyorgarlik ishlari kutib turardi. Ma’lumki, “Beeline” abonentlari bu safar Rasul va Romanni “qutqarib” qolishdi, Vasilina esa, afsuski, loyihani tark etishiga to‘g‘ri keldi. Ishtirokchilarning hammasi munosib kuylaganini aytish joiz, ammo qoidaga ko‘ra, uchta ishtirokchi baribir loyihadan chiqib ketish nominatsiyasiga tushdi. Endi Rasul, Ulug‘bek va Roman yana loyihada qolish huquqi uchun kurashishiga to‘g‘ri keladi. Navbatdagi konsertda hay’at a’zolariga Shahlo Ahmedovaning sahna chiqishi yoqdi. Shu tarzda, Shahlo eng ko‘p ballni qo‘lga kiritib, hafta yetakchisi nomini olishga muvaffaq bo‘ldi.

zor_14_05_2013_1

Shu o‘rinda, muhim bir omilni tilga olib o‘tish joiz. Loyiha davomida ishtirokchilar bir-biri bilan shu darajada do‘stlashib ketdiki, ular loyihadan chiqib ketganlariga qaramasdan, studiyaga kelishda va hisobot konsertlarida do‘stlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishmoqda.

Shuningdek, 12-may kuni “Zarafshon” konsert zalida kastingning final saralash bosqichida qatnashib, 20 talikka kirgan, ammo 11 ta eng yaxshilar qatoridan o‘rin ololmagan yigit-qizlar ishtirokidagi shou-dastur o‘tkazildi. Loyiha ishtirokchilari ularni qo‘llab-quvvatlash uchun konsert zaliga tashrif buyurishdi.

zor_14_05_2013_3

“O‘zbegim Taronasi” radiostansiyasining yakshanba Zo‘r-Zo‘r STAR-efiri o‘tgan haftaning yakuniy tadbiriga aylandi. Ishtirokchilardan Shahlo Ahmedova va Oskar Jalilov radiostansiya mehmonlari bo‘lishdi. Ular bir soat davomida radioboshlovchilarning turli-tuman savollariga javob berishdi.

zor_14_05_2013_2

Hozir bo‘lg‘usi yulduzlar navbatdagi hisobot konsertiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Ularga katta mas’uliyat yuklangan, bu safar ular o‘zbek estradasining taniqli xonandalari bilan duet kuylashadi. Ularning formatiga to‘g‘ri kelish uchun esa puxta repetitsiya qilish zarur. Yigit-qizlar hozir aynan shu ish bilan band! Repetitsiyalar yakuni bilan 18-may soat 20:00 da Forum TV telekanali orqali tanishishimiz mumkin.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq