Zo‘r-Zo‘r STAR yettinchi hisobot konserti

Oldin qayd etib o‘tganimizday, har haftada Zo‘r – Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasining ishtirokchilari pedagoglar rahbarligida konsert chiqishlarini repetitsiya qilishadi. Bu konsertlarni yakuniy variantda istagan kishi har shanba kuni soat 20:00 da Forum TV kanali orqali tomosha qilishi mumkin. Bu shanba kuni ham Zo‘r – Zo‘r STAR-konsert teletomoshabinlarga o‘zbek estradasining asoschisi Botir Zokirov repertuaridan olingan 8 ta ajoyib qo‘shiqni in’om etdi.

zor_13_05_2013

zor_13_05_2013_1

Tanlov ishtirokchilari ijrosidagi estrada klassikasiga aylangan qo‘shiqlarni baholash uchun quyidagi O‘zbekiston madaniyati va san’ati vakillari taklif etildi:
Abduhoshim Ismoilov — O‘zbekiston xalq artisti;
Munojat Yo‘lchiyeva — O‘zbekiston xalq artisti;
Tohir Qo‘ziyev — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Sato” guruhining yakkaxoni;
Adiz Rajabov — o‘zbek kinematografiyasining taniqli aktyori;
Jahongir Poziljonov — taniqli xonanda, “Bojalar” guruhining yakkaxoni.

Hay’at a’zolaridan biri Tohir Qo‘ziyevning aytishicha, u Botir Zokirovning qo‘shiqlarini yoddan biladi. Shu bois u qalbiga yaqin qo‘shiqlarni bo‘lg‘usi yulduzlar ijrosida tinglash uchun konsertga bajonidil tashrif buyurdi.

zor_13_05_2013_2

zor_13_05_2013_3

Konsert har doimgiday “Beeline” abonentlarining SMS-ovoz berish natijalarini e’lon qilish bilan boshlandi. Roman Vetrov, Rasul Tursunqulov va Vasilina Daniyarovadan iborat chiqib ketishga “da’vogar” uchta nominant ichidan tomoshabinlar birinchi ikkitasini “qutqarib” qoldi. Vasilina esa loyihani tark etishi kerak, ammo uning o‘zi aytishicha, bu uzoqqa cho‘zilmaydi! Oldinda gala-konsert turibdi, u 7-iyul kuni “Istiqlol” saroyida o‘tkaziladi.

Vasilina, pedagoglar va tanlov ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirgan holda, konsert dasturini “Umid” qo‘shig‘i bilan ochib berdi. Loyihani tark etayotgan ishtirokchining final chiqishi baholanmaydi, shu bois hay’at a’zolari o‘z fikrini bildirib o‘tib, Vasilinaga keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Tohir Qo‘ziyev Vasilinaning vokal ko‘rsatkichlari kuchli ekanini va u o‘zini “jazz” va “blues” janrlarida sinab ko‘rishi kerakligini qayd etdi.

zor_13_05_2013_4

zor_13_05_2013_5

Konsertni SMS-ovoz berish yakunlariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni olgan Roman Vetrovning chiqishi davom ettirdi. Ishtirokchi millionlab yurtdoshlarimizning sevimli kompozitsiyasi bo‘lgan “Maftuningman” qo‘shig‘ini kuyladi. Ma’lumki, bu qo‘shiq rus va o‘zbek tillarida ijro etilgan. Roman uni rus tilida kuyladi, hay’at a’zolari undan hech bo‘lmaganda bir qatorini o‘zbek tilida kuylab berishni iltimos qilganida, Roman bir emas, ikkita qatorini kuylab, hay’at a’zolari va butun zalni qoyil qoldirdi.

SMS-ovoz berish natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni olgan Rasul Tursunqulov esa “Sevgilimning ko‘zlari” qo‘shig‘ini ijro etdi.

zor_13_05_2013_6

zor_13_05_2013_7

Shahlo Ahmedova ijrosidagi “Sen bo‘lmasang” kompozitsiyasi uchun sahnalashtirilgan yorqin chiqish professionallarning ham, tomoshabinlar zalidagi barcha mehmonlarning ham tahsiniga sazovor bo‘ldi. Hay’at a’zolari tomonidan qayd etilgan yaqqol hayajon ham ishtirokchining foydasiga o‘ynadi.

Nurali Shukurullayev Botir Zokirov repertuaridagi eng ramziy qo‘shiqlardan biri bo‘lgan “Arab tangosi”ni ijro etdi. Loyiha hay’atining a’zosi hamda o‘zbek kinematografiyasining taniqli aktyori Adiz Rajabov Nurali o‘zining aktyorlik mahorati, aniqrog‘i sahna chiqishidagi haddan ziyod emotsionallikni kamaytirish ustida ishlashi kerakligini qayd etdi.

Ulug‘bek Holiqov romantik rassom obrazida “Xayolimda” kompozitsiyasini ijro etdi. Hay’at a’zolari uning chiqishi yetarlicha ifodali bo‘lmaganini qayd etib, ko‘proq vokal ustida ishlashni maslahat berishdi.

zor_13_05_2013_8

zor_13_05_2013_9

Oskar Jalilov “Qaydasan?” qo‘shig‘ini ijro etdi. Hay’at a’zolari har doimgiday undagi xarizma va artistik mahoratni yakdillik bilan qayd etishdi.

Sahna chiqishlari Yana Baxtiyeva ijrosidagi “Sedaya lyubov” qo‘shig‘i bilan yakunlandi. Uning sa’y-harakatlari hay’at tomonidan tegishli baholandi, Munojat Yo‘lchiyeva esa tonallik ustida biroz ishlashni tavsiya etdi.

Barcha kompozitsiyalar ijro etilganidan so‘ng sahnaga o‘tgan hafta yetakchisi nomiga sazovor bo‘lgan Ulug‘bek Holiqov chiqdi. Unga rag‘bat tarzida “Baxtli bo‘l” mualliflik qo‘shig‘ini ijro etish huquqi taqdim etildi.

Shu tariqa, Shahlo Ahmedova yettinchi hisobot konsertining yetakchisiga aylandi, aynan uning sahna chiqishi hay’at a’zolari tomonidan eng yuqori baholandi.

zor_13_05_2013_10

zor_13_05_2013_11

zor_13_05_2013_12

Konsertga yakun yasar ekanmiz, yetakchilar bor joyda, albatta, biroz ortda qolganlar, ya’ni kam ball olganlar ham bo‘lishini qayd etamiz. Bu safar ham uchta ishtirokchi loyihadan chiqib ketish nominatsiyasiga “da’vogar” bo‘ldi, bular:

Ulug‘bek Holiqov;
Rasul Tursunqulov;
Roman Vetrov.

Endi ularning keyingi taqdiri “Beeline” abonentlarining qo‘lida. Shuning uchun agar sizga bu ishtirokchilar befarq bo‘lmasa, unda ovoz bering!

Agar loyihada Ulug‘bek qolishini istasangiz, 7777 qisqa raqamiga 2 kodi yozilgan xabarni jo‘nating.
7777 qisqa raqamiga 3 kodi yozilgan xabarni jo‘natsangiz, Rasulni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lasiz.
Agar Romanni “qutqarmoqchi” bo‘lsangiz, unda 7777 qisqa raqamiga 6 kodi yozilgan xabarni yuboring.

SMS-ovoz berish natijalarini keyingi shanba 18-may kuni soat 20:00 da Forum TV kanali orqali namoyish etiladigan sakkizinchi hisobot konsertida bilib olishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system