Tohir Qo‘ziyev: «Zo‘r – Zo‘r Star tanlovi ishtirokchilari oldilariga qo‘yilgan vazifani uddalashdi»

Yettinchi Zo‘r – Zo‘r Star hisobot konsertining hay’at a’zolari faxrli kollegiyasi safida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Sato” guruhining yakkaxoni Tohir Qo‘ziyev ham bor edi. U biz bilan loyiha va uning ishtirokchilari haqidagi fikrlarini o‘rtoqlashdi.

zor1_13_05_2013

— Konsert menda, ayniqsa u Botir Zokirovning ijodiga bag‘ishlangani bilan taassurot qoldirdi. Tanlov ishtirokchilari oldilariga qo‘yilgan vazifani uddalay olishdi. Ular milliy estradamizning haqiqiy klassikasiga aylangan qo‘shiqlarni yaxshi ijro etishdi. Roman Vetrovda yaxshi vokal borligini ko‘rdim, shuningdek u yorqin xarizmaga ega, ammo u obraz yaratish ustida yanada ko‘proq ishlashi kerak.

Yana menga Shahlo Ahmedovaning sahna chiqishi ham yoqdi, u “Sen bo‘lmasang” musiqiy kompozitsiyasini juda yaxshi ijro etdi, aktyorlik mahoratini ham me’yorida ko‘rsatdi, umuman, hammasi me’yorida bo‘ldi. Shahlo sahnaga chiqar ekan, biroz hayajonda edi, aynan shu holat unga tomoshabinlar va hay’at a’zolarining qalbini zabt etib, yuqori ball olishga yordam berdi. U kuylayotgan paytda badanimiz jimirlab ketdi. Yana Baxtiyeva ham sahnada juda uyg‘un ko‘rindi, u esda qoladigan tashqi qiyofaga ega, harakatlari plastik, ammo u bundan ham yaxshiroq natijalarga erishish uchun yana biroz o‘z ustida ishlashi kerak.

Tanlov ishtirokchilariga kichik bir tavsiya sifatida shuni aytishni istardimki, ular bir joyda turib qolmasdan, ko‘proq harakat qilishlari kerak, buning ustiga sahna ham yetarlicha keng bo‘lsa. Birinchi navbatda, men musiqachi sifatida, vokalga e’tibor qarataman, keyin esa qolgan jihatlarga, ammo sahnada baribir xonanda o‘zini erkinroq his qilishi kerak, shunda ijro ham yaxshiroq chiqadi.

Bugun hay’at a’zolari meni yaxshi tomondan hayron qoldirishdi. Adiz Rajabov bilan Jahongir Poziljonov tomoshabinlarning kayfiyatini ko‘tardi, ularning hazillari hammaga yoqib tushdi. Abduhoshim Ismoilov va Munojat Yo‘lchiyeva esa qatiqqo‘llik qilishgan bo‘lsa-da, adolatli fikr-mulohazalarni bildirishdi. Studiyaning jihozlanishi ham meni qoyil qoldirdi, u menga bir qarashdayoq yoqdi, bu yerda jonli musiqani ijro etish ham mumkin, tovush juda yaxshi chiqadi.

Zo‘r – Zo‘r Star loyihasining tashkilotchilari – “Beeline” va “Fund Forum”ga katta minnatdorchilik bildirishni istardim, ular yoshlarga o‘z iqtidorlarini namoyon etish va orzularini ro‘ybga chiqarish kabi noyob imkoniyatni taqdim etishdi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system