“Bilayn”: GPRS-rouming yanada kengaydi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) GPRS-rouming geografiyasining navbatdagi kengaytirilishi haqida xabar beradi. MIC2 (Livan), M1 (Singapur), Vinaphone (Vetnam), Djezzy (Jazoir) va Bangalink (Bangladesh) kompaniyalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

beeline_13_05_2013

“Butun dunyoda mobil Internetning mutassil rivojlanib borish tendensiyasi kuzatilmoqda, yanada ko‘proq odamlar muloqotning aynan shu usuliga o‘tmoqdalar, – voqeani sharhlaydi Unitelning Texnik direktori Denis Kotlyarenko. – Mana shuning uchun ham biz nafaqat mamlakatimiz hududida, balki undan tashqarida ham xizmatlarimizni rivojlantirish va keng tarqatish masalasiga katta e’tibor qaratmoqdamiz”.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system