Zo‘r – Zo‘r STAR doim qadrlaydi va xotirlaydi
10.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
«9-may — Vatanimizning har bir fuqarosiga daxldor bo‘lgan bayram. 1941-1945 yillardagi urush nafasi kirib bormagan biror oila bo‘lmasa kerak», — shu kuni Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasining ishtirokchilaridan aynan shu so‘zlarni eshitish mumkin edi.
Loyiha tashkilotchilari — “Beeline” yirik aloqa operatori va “Fund Forum” tomonidan tanlov ishtirokchilarining jadvaliga 9-may kuni “Qardoshlar qabristoni” yodgorlik majmuini ziyorat qilish ham kiritildi.
Ushbu iliq va quyoshli kunda bu yerga juda ko‘p odam to‘plandi. Ziyoratchilar orasida a’lo kayfiyatdagi yoshlar, farzandlarini yetaklagan ota-onalar va, albatta, Ikkinchi Jahon urushining qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini ko‘rish mumkin edi.
Yigit-qizlar musaffo osmonimiz uchun qon to‘kib jang qilgan askarlarning xotirasini yod etib, memorial etagiga gulchambarlar qo‘yishdi.
Shu bilan birga ishtirokchilar urush faxriylarini bayram bilan tabriklagan holda, ular bilan shaxsan muloqot ham qilishdi!
Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi