Ucell mobil operatori «Ucell bilan safdosh do‘stingizga qo‘ng‘iroq» aksiyasini o‘tkazdi
10.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

2013-yil 9-may kuni “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ucell mobil aloqa operatori Toshkentda erta tongdan boshlab “Qardoshlar mozori” memorial kompleksida Ikkinchi Jahon urushi faxriylari uchun «Ucell bilan safdosh do‘stingizga qo‘ng‘iroq» nomli xayriya aksiyasini o‘tkazdi.

Mazkur tadbirga tashrif etgan faxriylar dunyoning har qanday nuqtasidagi safdoshlari va yaqinlariga mutlaqo bepul qo‘ng‘iroq qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Ko‘pchilik faxriylar uzoq vaqtdan beri suhbatlashmagan do‘stlari bilan nihoyat gaplasha oldilar. Faxriylar Ukraina, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya, Norvegiya, Izroil, Belarus va boshqa ko‘pgina mamlakatlarga qo‘ng‘iroq qildilar. Ularning suhbatdoshlaridan javob tabriklari va minnatdorchilik izhorlari ko‘p marta eshitildi. Faxriylarning suhbat chog‘idagi cheksiz xursandchiliklari atrofdagilarning barchasiga bayram kayfiyatini ulashdi.

“Barcha tashkilotchilarga, ayniqsa, xorijdagi yaqinlarga qo‘ng‘iroq qilish va ularni bayram bilan tabriklash imkoniyatini taqdim etgan Ucell mobil operatoriga behad minnatdorchilik izhor etaman”,- deya hammaga tinch osmon va tinchlik-xotirjamlik tiladi, urush faxriysi Antonina Kolomenseva.

Faxriylar, halok bo‘lganlarning hotirasiga bag‘ishlangan tadbirda faol qatnashdilar, shu bilan birga, Ucell mobil aloqa operatoridan sovg‘alar oldilar. Bundan tashqari, Ucell xodimlaridan tashkil topgan ko‘ngilli yordamchilar faxriylar va mehnat fronti qatnashchilarini ziyorat etib, ularni bayram bilan tabriklab, sovg‘alar taqdim etdilar. Shuningdek, ularga ham xorijdagi yaqin tanishlariga qo‘ng‘iroq qilish imkoni yaratildi hamda Ucell ko‘ngillilari tarafidan moddiy yordam ko‘rsatildi.

“Bugun xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Ucell “Qardoshlar mozori” memorial kompleksida o‘z stendini o‘rnatdi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – urush faxriylariga boshqa mamlakatlarda yashaydigan o‘z safdoshlariga bepul qo‘ng‘iroq qilish imkonini yaratishdir,- deb bayram tadbirini izohladi Ucell korporativ aloqalari bo‘yicha mutaxassis Umida Ziyamova, – Biz faxriylarning ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rib, chuqur mamnunlik va faxrni his etamiz. Ucell nomidan barcha Ikkinchi jahon urushi faxriylarini bunday yorug‘ bayram bilan yana bir bor tabriklayman!”

O‘zbekistonda hozirgi kunda besh mingdan ziyod Ikkinchi jahon urushi faxriylari yashaydi. Respublikada ularni ijtimoiy qo‘llab quvvatlashga katta ahamiyat berilyapti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi Jahon urushi faxriylarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, faxriylarni moddiy tomondan qo‘llab quvvatlash, shuningdek, Vatan ozodligi va shon-sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Mazkur aksiya “Veteran”, O‘zbekiston Jangchi-fahriylari (baynalmilalchilar) Uyushmasi yordamida o‘tdi. Uyushma raisi Tal’at Murodov faxriylarga berilgan yordam uchun Ucellga minnatdorchilik bildirdi va bundan buyon ham samarali hamkorlikni davom ettirishga umid izhor qildi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq