Ucell mobil aloqa operatori Navoiy viloyatida yangi tayanch aloqa stansiyalarni o‘rnatdi

2013-yilda «Asrlar sadosi» an’anaviy madaniyat festivalining xalqlarning urf-odatlari majmui qismi Navoiy viloyatining Sarmishsoy darasida tashkil etildi. Ucell mobil aloqa operatori tadbir qatnashchilari va mehmonlarini sifatli mobil aloqa xizmati bilan ta’minlash maqsadida daraning tevarak atrofida qo‘shimcha tayanch aloqa stansiyalarini o‘rnatdi.

«Asrlar sadosi» an’anaviy madaniyat festivali O‘zbekistonning xalq an’analari va urf-odatlari, amaliy san’at, milliy oshxona, noyob og‘zaki va nomoddiy meroslarining turli-tumanligi taqdimotini o‘tkazdi. Har yili «Asrlar sadosi» O‘zbekistonning turli hududlarida mutaxasislar, olimlar, chet ellik mehmonlar ishtirokida o‘tadi.

Ucell uchun bunday darajadagi tadbirni sifatli mobil aloqa bilan ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi. 2013-yilning boshidayoq respublikaning barcha viloyatlarida Ucell 60dan ziyod 2G va 40dan ziyod 3G yangi tayanch aloqa stansiyalarini o‘rnatdi va joylarda tarmoq qoplamalarini kengaytirib borish yana davom etmoqda.

«Tayanch aloqa stansiyalarini o‘rnatilganligi tufayli, tadbir davomida «Asrlar sadosi» qatnashchilari va mehmonlari Ucellning 3G bilan qo‘llab-quvvatlanadigan xizmatlaridan ma’lumotlarni, shuningdek, tovushli xizmatlarni uzatishda, foydalana oldilar» — deb sharhladi Ucellning korporativ kommunikatsiyalari bo‘yicha mutaxasisi Umida Ziyamova.

Eslatib o‘tamiz, «Asrlar sadosi» an’anaviy madaniyat festivali 4-5 may kunlarida bo‘lib o‘tdi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system