Sichqoncha va skaner bir qurilmada
10.05.2013
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

OCR-ta’minot loyihachisi I.R.I.S. yaqinda ancha qiziqarli mahsulotini — kiritilgan skaner bilan jihozlangan IRIScan ergonomik simli kompyuter sichqonchasini taqdim etdi. Yangi mahsulot 300 dpi zichlik qobiliyatiga ega, bu imkoniyati sababli u juda ko‘plab ofis vazifalarini bajarishga qodir bo‘ladi. Qurilma USB 2.0 interfeysida ishlashni ta’minlaydi va Windows boshqaruvi ostidagi tizimlar uchun mo‘ljallangan.

Skaner korpusining chap tomonidagi tugmani bosish bilan ishga tushiriladi. Matnni skaner qilish uchun sichqonchani matnli varaq ustida yurg‘izish kerak. IRIScan bilan birga, yetkazib beriladigan dasturiy ta’minot alohida lavhalarni yagona yaxlitga birlashtiradi va uni kompyuter displeyida aks ettiradi. I.R.I.S. taqdim etgan ilova 130 dan ortiq tillar bilan ishlaydi va skaner qilingan materialni boshqa, misol uchun, Word yoki Excel dasturlariga ko‘chirish imkonni beradi.

iris_10_05_2013

Sichqoncha A3 gacha kattalikdagi bosma varaq bilan ishlashga qodir. Mahsulot Evernote Premium va IRISCompressor ga uch oylik obuna bilan jamlanmada sotiladi — IRISCompressor boshqalardan tashqari, yana skaner qilingan tasvirni PDF-fayllarga tez va oson anlaytiradi.

iris_10_05_2013_1

Shunga o‘xshash qurilma boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan namoyish etilgan bo‘lsa ham (misol uchun, LG dan LSM-100), IRIScan arzonligi — 79 dollar narxi bilan e’tiborga loyiq.

Manba: www.irislink.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq