Seaboard GRAND egiluvchan klavishali asbobi

Аytishlaricha, musiqa asbobi unda musiqachi qanchalik yaxshi chalishiga qarab, shunchalik yuqori baholanadi, biroq baribir, bu hali tovush chiqarishning yangi vositalari va usullarini kashf qilish kerakmas degani emas. Fortepiano tayanch shakli va raqamli kontroller elektron komponentlarini o‘zida jam qilgan musiqa asbobini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan ROLI kompaniyasi aynan mana shu g‘oyaga asoslangan. Birlashtirish natijasida hosil bo‘lgan Seaboard GRAND klavishli asbob yumshoq klavishlarga ega va haqiqiy vaqt davomida har bir notaning jaranglashini tanlashga imkon beradi.

sea_10_05_2013

Musiqachi klavishani qaysi joyida bosishiga qarab tuzilishi, balandligi va tembri o‘zgaradi. Bundan tashqari, Seaboard GRAND boshqa: misol uchun, puflab chalinadigan yoki asboblar torli tovushini ham o‘xshatishi mumkin. Qurilma SEA (Sensory, Elastic, Adaptive) interfeysiga asoslangan va patentlangan platformada qurilgan. Asbobning «sensorli, elastik va moslashuvchan» interfeysi uch o‘lchamli fazoda juda nozik tegishlarni ham sezishiga va darhol ularga javoban u yoki bu tovushni ijro qilish va tezda o‘zgartirish imkonini beradi. ROLI tomonidan ishlab chiqilgan platforma faqat musiqa sohasida, balki yangi kompyuter o‘yinlarini, robotlarni, tibbiyot asboblarini hamda aqlli transport vositalarini yaratishda qo‘llanilishi mumkin.

sea_10_05_2013_1

Seaboard GRANDloyihasi SXSW festivalida namoyish etiladi. Aprel oyidayoq dastlabki buyurtma berish imkoniyati paydo bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Hozirda kompaniya-ishlab chiqaruvchi 88 asboblardan tashkil topgan cheklangan partiyani ishlab chiqarishni mo‘ljallagan, ulardan har biri qo‘lda yig‘iladi.

Manba: www.theverge.com

Orphus system