Puzzle Keyboard klaviaturasi tugmalarni istalgan tartibda joylashtirish imkonini beradi

Каtta matnli materiallar bilan ko‘p ishlaydigan insonlar ko‘pincha klaviaturaning u yoki bu turiga odatlanish masalasida qiynaladilar. Balki Puzzle Keyboard konsepti aynan mana shunday foydalanuvchilar uchun ishlab chiqilgandir. Yangi mahsulot uning elementlari bir-biri bilan boshqotirma bo‘laklari kabi birlashtiriladigan modulli qurilmadan iborat.

puzzle_10_05_2013

Mаna shunday texnologiya asosida yig‘ilgan moslama funksionalligi mazmunida moslashuvchanligi bilan ajralib turadi: aytaylik, nima uchundir sizga «A» va «M» tugmalari joylashishini almashtirish kerak bo‘lib qoldi — Puzzle Keyboardda bu ishni tugmalar joylashishini dasturiy almashtirish yoki tugmalar nakleykalarini almashtirmasdan turib, apparatli darajada bajarish mumkin. Oddiygina tugmalarni umumiy to‘plamdan ajratib oling, ularni o‘rinlari bilan almashtiring va ulang.

Haqiqiy hayotga yanada ancha yaqin vaziyatlar harflar blokini har bir qo‘liga mos ajratishni, raqamli va harfli bloklari o‘zaro joylashishini qayta tashkil etish va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Yangi mahsulot bir necha odam foydalanadigan desktop uchun yaxshi yechim bo‘lishi mumkin, chunki uni har bir alohida foydalanuvchi odatlari hamda afzalliklariga osongina moslashtirish mumkin.

Puzzle Keyboard konsepti Red Dot Award mukofotiga munosib topildi: Design Concept 2012-yilda, bu holat ishlab chiqaruvchilar e’tiborini o‘ziga xos loyihaga jalb qilishga yordam berishi mumkin.

Orphus system