Pelican ProGear Vault va Pelican ProGear Protector qattiq himoya g‘iloflari iPhone 5 smartfonlari uchun mo‘ljallangan

Ichidagi buyumlarni tashqi ta’sirlardan ishonchli himoyalashni ta’minlovchi o‘zining sumkalari, g‘iloflari bilan mashhur bo‘lgan Pelican Products kompaniyasi Apple iPhone 5 smartfonlari uchun ProGear Vault va ProGear Protector qattiq g‘iloflari ko‘rinishida o‘zining birinchi «mobil elektronika uchun to‘la interfaol himoyasini» ishlab chiqardi.

pel_10_05_2013 pel_10_05_2013_1

Suratda ko‘rsatilgan CE1180 Pelican ProGear Vault g‘ilofi alyuminiy va polimerlardan tayyorlangan. U yomg‘ir, qor va changdan qurilmani to‘la himoyalaydi, 180 santimetr balandlikdan tushib ketishi hollarida zararlanishdan saqlaydi. Germetik prokladkalar bilan alyuminiy tugmalari telefon boshqaruv organlaridan foydalanish imkonini beradi. Suv o‘tkazmaydigan membranalar mikrofon va karnaylarni himoyalaydi, ishlab chiqaruvchining so‘zlariga qaraganda, tovush sifatini yomonlashtirmaydi. Ekran qirilishlar paydo bo‘lishiga chidamli shisha ostida joylashgan, kamera obyektivi esa Dragontrail optik shishadan qoplama bilan himoyalangan. Smartfon uchun «skafandr» $80 narxda bir necha ranglarda taqdim etiladi.

CE1150 Pelican ProGear Protector modelining narxi $40ga teng. Bu g‘ilof ham tushib ketish va boshqa tashqi ta’sirlardan saqlaydi, lekin birmuncha kam darajada. Boshqa tomondan, u yanada qulay shaklda, demak, kiiyim yoki sumka cho‘ntagidan olish va joylash oson bo‘ladi.

Manba: www.pelican.com

Orphus system