Minox yangi kichik DCC 14.0 retro-kamerani taqdim etdi

Yaqinda Minox kompaniyasi Minox DCC 14.0 kichik raqamli kameraning yangi versiyasini ishlab chiqardi. 1:3 masshtabida yig‘ilgan yangi mahsulot osongina kaftingizga sig‘adi. Ushbu qurilma 14 megapikselli matritsa, yechilmaydigan obyektiv va optik izlagich bilan jihozlangan. Umuman Minox DCC 14.0, fotosurat olishdan ko‘ra ko‘proq kolleksiya to‘plash obyektidan iborat, garchi ancha to‘laqonli funksional imkoniyatlarga egadir.

minox_10_05_2013

Minox qurilmada foydalanilgan KMOP-matritsaning kattaliklarini ko‘rsatib o‘tishga hozircha shoshilmayapti, lekin uning diafragmalari soni 2,4ta bo‘lgan 7,4 millimetrli obyektivi taxminan 35 yoki 45 millimetrli format kabi fokusli masofani berishini aytishlariga qaraganda, bu 1/2,5 duymli sensor (5,76 x 4,29 mm) deb taxmin qilish mumkin. Aslida, shu kabi formatdagi matritsalardan juda ko‘plab arzon mahsulotlarda foydalaniladi.

Yangi mahsulotning retro-dizayni qo‘l yordamida sozlash haqidagi xayolini uyg‘otsa ham, kamera avtomatik qurilmadan iborat — halqasi va ishga solish tugmalari faqat dekorativ vazifani bajaradi.

Minox DCC 14.0 suratga olingan tasvirlarni JPEG formatida, videoni esa — AVI (640Ch480) formatida saqlab qoladi va ularni SD-kartaga yozadi. Kamera 4 karralik zumi bilan maqtanishi mumkin. Orqa panelidagi LCD-displeyining kattaligi 2 duymni tashkil etadi. Yangi mahsulotning narxi 240 dollarga teng.

Manba: www.onegadget.ru

Orphus system