Gigabyte Aivia Neon – taqdimotlar uchun simsiz sichqoncha

Gigabyte kompaniyasi o‘z Aivia qurilmalari qatorini Neon modeli Neon taqdimotlar olib borish uchun qo‘l-laniladigan qurilma sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ergonomik simsiz sichqoncha bilan boyitdi. Ushbu model Air-mouse funksiyasiga ega, u fazoda tegishli harakatlarni bajarib, kursorni boshqarishga imkon beradi. Agar sichqonchani stol ustidan ko‘tarilsa, ushbu rejim avtomatik tarzda ishga tushadi.

gigabyte_10_05_2013

Avia Painter rejimi qurilma korpusi yuqori qismidaga tugma bilan ishga tushiriladi. Ushbu rejim rasm chizish, ajratish va shu kabi qator grafik funksiyalarni ishga soladi, ulardan grafik dasturlarda va bevosita veb-sahifalarda foydalanish mumkin. Biroq Avia Painter bilan ishlash uchun kompyuterda Aivia Neon dasturiy ta’minotini o‘rnatish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, sichqoncha lazerli ko‘rsatgich bilan ta’minlangan. Patent olingan Free-Scrolling texnologiyasi esa veb-sahifalarda ham vertikal va ham gorizontal yo‘nalishlarda kontentni samarali ko‘zdan kechirishga imkon beradi.

gigabyte_10_05_2013_1

Qurilmani zaryad oldirish uchun manipulyator chap tomonida joylashgan qopqoq ochiladi, keyin simsiz qabul qilgichni chuqurchadagi kontaktlar bilan moslashtiriladi. Ushbu bo‘linma yordamida sichqonchaga USB simini ulash va uni simli sichqonchaga aylantirish mumkin.

gigabyte_10_05_2013_2

Simsiz qabul qilgich 2,4 GGts chastotasida ishlaydi. Ochiq joyda ishlash radiusi 15 metrni tashkil etadi. Aivia Neonda bir dyuymga 1200 nuqtali zichlikdagi lazerli sensordan foydalaniladi. Manipulyatorning kattaligi 105 x 57 x 37 mm, og‘irligi esa — 107 grammni tashkil etadi.

Manba: www.gigabyte.com

Orphus system