Elvira Mulyukova: «Bir paytning o‘zida sahnada kuylash va harakatlanish juda murakkab ish»

Har bir hisobot konserti – bu loyiha pedagoglari va tanlov ishtirokchilarining bir haftalik yakuniy faoliyatidir. Yetti kun davomida sahna chiqishlarining repetitsiyalari o‘tkaziladi, unda nafaqat tanlangan qo‘shiqlarning ijrosi, balki sahna harakatlariga ham sayqal beriladi. Loyiha xoreografi va bugungi suhbatdoshimiz Elvira Mulyukova aynan shu harakatlar uchun mas’ul. Biz uni loyihada qatnashayotgan yigit-qizlarning raqs borasidagi yutuqlari haqida batafsil gapirib berishi uchun suhbatga chorladik.

el_10_05_2013

— Zo‘r – Zo‘r Star — qiziqarli, yorqin, noodatiy loyiha! Xuddi shu xarakteristikani loyiha ishtirokchilariga ham berishim mumkin. Meni yigit-qizlarning hammasi haqiqatan ham qobiliyatli va iste’dodli ekani quvontirdi. Albatta, ularning fe’l-atvori turlicha, shu bois biz ko‘p hollarda ishtirokchilarning har biriga individual yondashuv izlashga majbur bo‘lyapmiz. Ularning ba’zilari oldiniga vokalchilar uchun plastika muhim emas, deb hisoblayotgandi.

Bir paytning o‘zida sahnada kuylash va harakatlanish juda murakkab ish. Agar ishtirokchi sahnaga mikrofon bilan yakkama-yakka chiqadigan bo‘lsa, u nafaqat o‘z ovozini nazorat qilishi, balki qo‘shiq mazmunini o‘z ichidan o‘tkazgan holda aktyorlik mahoratini ko‘rsatishi kerak. Buning ustiga u liniyada qanday turishini, ijrosining mos tushishini nazorat qilishi zarur, tez ijro etiladigan qo‘shiqlar esa, ma’lumki, nafas olishni buzib yuboradi. Chiqishni sahnalashtirish va uni repetitsiya qilish uchun tanlov ishtirokchilarida bor-yo‘g‘i bir haqta bo‘ladi.

el_10_05_2013_1

Kutilayotgan yettinchi hisobot konsertida Shahlo bilan Ulug‘bekning sahna postanovkasi planida juda chiroyli chiqishlari bo‘ladi. Biz Shahloni harakatlar bilan yuklamaslikka intilyapmiz, chunki qo‘shiq ijrosining o‘zi juda murakkab, u raqs ichida bo‘lib turadi, ammo butun sahna chiqishi davomida emas. Ulug‘bek esa, aksincha, o‘zining butun aktyorlik mahoratini namoyish etgan holda, raqsda faol ishtirok etmasdan, o‘z sahna chiqishini to‘g‘ri bajarishi zarur bo‘ladi.

Loyihada qatnashar ekan, ishtirokchilar konsert qanday yaratilishini ko‘rishmoqda, oldinlari hech ham to‘qnash kelmagan tashkiliy jihatlarga duch kelishmoqda. Hayotda, ayniqsa artistlarning haytida hammasi murakkab tuzilganini, ular miyasiga kelgan ishni qila olmasligini ular endi tushunyapti. Agar inson mashhur bo‘lishni istasa, u ommaga mos kelishi kerak.

Aytish kerakki, yigit-qizlarimiz tashabbuskor bo‘lib chiqdi, ular o‘zlarining g‘oyalarini taklif etishmoqda. Masalan, Ulug‘bek qo‘shiqlardan birini tinglab, uni menga tarjima qilib berdi, keyin birdaniga o‘zining shu qo‘shiq bilan bog‘liq hislarini menga aytdi, men uning g‘oyasiga qoyil qoldim, uni darhol ro‘yobga chiqara boshladik.

Yigit-qizlarga erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmaslikni va doimiy ravishda g‘ayrat-shijoatli bo‘lishni tilardim. Qiyinchiliklar va charchoq har doim bo‘ladi, shunchaki kuchlarni to‘plab, biz loyiha boshida kuzatgan ilhomni yo‘qotmaslik kerak. Buning ustiga finalga ham yaqin qolyapti, ular bor mahoratini 100 foiz ishga solishi zarur.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system