Аmerikalik politsiyachilarni Taser Axon Flex videokameralari bilan ta’minlab kuch ishlatish holatlari sonini kamaytirishga erishildi

Elektroshokerlar ishlab chiqaruvchi Taser kompaniyasi saytida Kaliforniya shtati, Rialto shahri politsiya boshqarmasi ishtirokida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari haqida xabar paydo bo‘ldi. Tadqiqot predmeti politsiya xodimlarini jihozlashga kiritilgan Taser Axon Flex kameralaridan foydalanish samarasini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

15 gramm og‘irlikka ega kamera ko‘zoynakka, bosh kiyimga yoki kiyim yoqasiga mahkamlanadi va bir zaryad olish bilan to‘rt soat davomida uzluksiz videosuratga olishi mumkin. Zichligi — 640 x 480 piksellar, kadrlar chastotasi — 30 k/s, obyektiv ko‘rish burchagi — 75°. Jamlanmaga 66 x 84 x 20 mm kattalik va 93 gramm og‘irlikka ega boshqaruv bloki kiradi.

police_10_05_2013

Таjriba 12 oy davom etdi va navbatchilik davriga kameralar bilan ta’minlanuvchi smenalarni tasodifiy tanlashdan iborat bo‘ldi. Nazorat ma’lumotlari sifatida kamerasiz smenalar ma’lumotlaridan foydalanildi.

Tadqiqotlar sodir bo‘layotgan hodisalarni qayd etuvchi kameralar bilan ta’minlangan politsiyachilar 59 foizga kamroq kuch ishlatishlarini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, kameralardan foydalanish natijasida politsiya xodimlari harakatlariga shikoyatlar soni 87,5 foizga kamaydi.

police_10_05_2013_1

Tadqiqot borishiga aralashishning oldini olish uchun videolavhalar smena oxirida avtomatik tarzda Evidence.com saytiga beriladi va tadqiqotchilar ixtiyoriga o‘tadi, natijada ular 50 000 soatdan ortiq videolavhalarni to‘pladilar.

Rialto politsiya boshqarmasida sinov foydalanishlari natijalari bo‘yicha Taser Axon Flex kameralarini politsiyachilarni jihozlash doimiy elementi bo‘lishiga qaror qilindi.

Manba: http://investor.taser.com

Orphus system