Ucell 3G-modemlariga chegirmalar haqida e’lon qildi!

Ucell mobil аloqa operatori 3G-modemlarini arzonlashtirilgan narxdagi savdosini e’lon qiladi.

ucell_8_05_2013

2013-yilning 1-may kunidan boshlab Ucell Modem va Ucell Modem plus paketlariga ulanish 30 foizlik chegirma bilan amalga oshirilmoqda.

Agar ilgari Ucell Modem paketining narxi 40 AQSH dollari, Ucell Modem Plus paketining narxi esa 48 AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, endilikda mazkur paketlarni 28 va 33 AQSH dollariga xarid qilishingiz mumkin. Biroq bu hali hammasi emas! Ucell Modem va Ucell Modem Plus paketlarini xarid qilgan jismoniy shaxslarga uch oy davomida 1000 MB bonus taqdim etiladi. Korporativ abonentlar esa 30 kunga 2000 Mb bonusga ega bo‘ladilar.

Eslatib o‘tamiz, modemlarda maksimal ma’lumotlarni uzatish tezligi 7,2 MBit/s. tashkil etadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system