9 mayda O‘zbekistonning barcha viloyatlarida “Bilayn”dan “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasi bo‘lib o‘tadi
08.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 9 mayda O‘zbekistonning barcha viloyatlarida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” an’anaviy aksiyasini o‘tkazadi.
Butun mamlakat bo‘ylab fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 68-yilligi munosabati bilan frontoviklar hamda front orti mehnatkashlari uchun bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unitelning hududiy filiallari ushbu tantanalar doirasida “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdilar. 9 mayda O‘zbekistonning Nukusdan tortib Andijongacha 13 ta eng yirik shaharlarida “Bilayn” mobil so‘zlashuv punktlari ochiladi, u yerdan faxriylar dunyoning istalgan nuqtasiga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
“Nuroniy” Jamg‘armasi Markaziy kengashining Raisi Erkin Bakibayev kompaniyaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi: “Bilayn” urush qatnashchilariga ajratayotgan e’tiborni yuqori baholaymiz. Faxriylarimizga tuhfa etilgan polkdoshlar, qarindoshlar va yaqinlar bilan muloqot qilish quvonchini baholash qiyin. Xotira va Qadrlash kunida sizlarda hozirda uzoqda istiqomat qilayotgan insonlar bilan abadiy askarlar do‘stligi hamda jangovar do‘stlar haqida xotirani jonlantirish imkoni bo‘ladi”.
Eslatib o‘tamiz, “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” MDHda “Bilayn” brendi ostida faoliyat yuritayotgan Vimpelcom Ltd guruhi kompaniyalari tomonidan ketma-ket o‘n yil o‘tkazilib kelinmoqda. O‘zbekistonda u ilk bor “Bilayn” tomonidan 2009 yilda tashkillashtirilgan. O‘sha paytdan boshlab yillik aksiyada respublikaning turli shaharlaridan bo‘lgan Ikkinchi Jahon urushining minglab qatnashchilari ishtirok etganlar.
“O‘ylayman-ki, har birimiz erkimizni himoya qilgan insonlarga minnatdorchilik bildirish imkoniyatini qadrlaymiz, shuning uchun “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” — “Bilayn”ning eng azaliy va xayrli an’analaridan biri, – qayd qildi Unitelning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov. – Men o‘zim ushbu tadbirlarda bir necha bor ishtirok etganman va, umid qilaman-ki, joriy qilda frontdagi do‘stlar hamda shunchaki yaqin kishilar bilan muloqot qilish faxriylarimizga bir necha baxtiyor daqiqalarni taqdim etadi”.
Manba: kompaniya press-relizi