Zo‘r – Zo‘r Star: o‘tgan haftaning qiziqarli tafsilotlari

Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasining ishtirokchilari turli tadbir va voqealarga boy yana bir haftani ortda qoldirdi. Ijodga to‘la hayotning o‘tgan yetti kuni davomida ko‘plab qiziqarli voqealar yuz berdi.

zor1_7_05_2013

Aytish joizki, har bir hisobot konsertidan so‘ng ishtirokchilarga kichik tanaffus beriladi: bu paytda ular dam olib, hordiq chiqaradi, bir so‘z bilan aytganda, kuch to‘playdi. Ha-ha, aynan kuch, chunki oldinda yana bir hisobot konserti kutmoqda, ishtirokchilar unda o‘zlarining nimalarga qodirligini ko‘rsatishlari kerak!

Bo‘lg‘usi konsertga quyidagi uchtalik alohida g‘ayrat bilan tayyorlandi, desak adashmaymiz:
Rasul Tursunqulov;
Shahlo Ahmedova;
Akbar Tolipov.

Ularni tushunish mumkin, chunki o‘tgan haftada aynan ular loyihadan chiqib ketishga nomzodlar ro‘yxatiga tushib, ulardan bittasi loyihani tark etishi kerak edi.

zor1_7_05_2013_1

Oldin xabar berganimizday, o‘tgan konsert afsonaviy “Bolalar” guruhining xitlariga bag‘ishlandi. Tanlov ishtirokchilarining oldiga barchaga mashhur qo‘shiqlarni munosib ijro etish va ularga o‘ziga xos ijroni olib kirish kabi murakkab vazifa qo‘yildi. Yigit-qizlar bir hafta davomida qo‘shiq so‘zlarini o‘rganib, sahna chiqishlarini repetitsiya qilishdi.

Repetitsiyalar ortda qolib, hisobot konserti o‘tkaziladigan kun ham yetib keldi. Hamma hayajonda, chunki shu kuni nafaqat pedagoglar va ishtirokchilarning bir haftalik faoliyati yakunlari namoyish etiladi, balki «Beeline” abonentlari orasida o‘tkazilgan SMS-ovoz berish yakunlari ham e’lon qilinadi.

zor1_7_05_2013_2

Shunday qilib, ovoz berish natijalariga ko‘ra, eng kam ballni Akbar Tolipov oldi. Shu tarzda, tomoshabinlar u bilan xayrlashishiga, aniqrog‘i “ko‘rishguncha” deyishga majbur bo‘ldi. Chunki Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasida qatnashish birortayam ishtirokchi uchun befoyda bo‘lmasligiga ishonchimiz komil. Shu o‘rinda o‘zbek kinematografiyasining taniqli aktyori Adiz Rajabovning: “Shunday loyihada qatnashishning o‘zi barcha ishtirokchilar uchun katta yutuq. Ularni butun mamlakat bilib oldi, ekranlarda – ularning chehralari. Ijodiy faoliyatda yaxshi start doim muhim ahamiyat kasb etadi. Zo‘r-Zo‘r Star esa — yosh iste’dodlar uchun ana shunday tramplin. Shunday loyihada qatnashishning o‘zi g‘alaba!”, degan so‘zlarini eslamasdan ilojimiz yo‘q. “Bojalar” guruhining yakkaxoni Jahongir Poziljonovning Akbar Tolipovni birgalikda qo‘shiq yozishga taklif etgani yuqoridagi so‘zlarning yorqin dalili, desak adashmaymiz. Ularning hamkorlikdagi ijodiy faoliyati qanday meva berishini tez orada bilib olishimiz mumkin.

Har bir hisobot konserti nafaqat loyihani kim tark etishi kerakligi haqida, balki taqdiri “Beeline” abonentlarining qo‘lida bo‘lgan navbatdagi uchta ishtirokchi to‘g‘risida ham tomoshabinlarni xabardor qiladi.

Bu haftada loyihadan chiqib ketishga quyidagi nomzodlar qo‘yildi:
Roman Vetrov;
Vasilina Daniyarova;
Rasul Tursunqulov.
Shuningdek, hafta yetakchisi ham aniqlandi — bu nomga Ulug‘bek Holiqov munosib ko‘rildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov boshchiligidagi hay’at a’zolari aynan uning chiqishini eng yorqin ijro sifatida qayd etishdi!

Ishtirokchilarning loyihadagi hayoti kundalik mashg‘ulotlar, konsertga tayyorgarliklar bilan cheklanib qolmayotganini ta’kidlash kerak. Tashkilotchilar ularning dam olish vaqtlarini ham puxta o‘ylab qo‘ygan. Xususan, 2-may, o‘tgan payshanba kuni tanlov ishtirokchilari “Beeline” bosh ofisining «call”-markaziga taklif etildi. Bu yerda ular kompaniya faoliyatini bevosita yaqindan kuzatish va ko‘p narsalarni bilib olish imkoniga ega bo‘lishdi. Ma’lum bo‘lishicha, markazda oyiga 1 000 000 ta qo‘ng‘iroq qibul qilinar ekan, 2012-yili “Beeline” mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati aholi tomonidan onlayn ovoz berish yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi “call”-markazi nomiga musharraf bo‘lgan. Ekskursiya ochiq havodagi sayr va shaharning eng yaxshi qahvaxonalaridan biridagi tushlik bilan yakunlandi.

zor1_7_05_2013_3

Loyihaning yana bir haftasiga O‘zbegim Taronasi radiostansiyasining yakshanba kungi Zo‘r-Zo‘r STAR efiri yakun yasadi. Ishtirokchilardan Shahlo Ahmedova va Ulug‘bek Holiqov radiodastur mehmonlari bo‘lishdi. Bir soatlik radioefir davomida tinglovchilar ularning turli savollarga bergan javoblarini tingladi.

Oldinda yana bir hisobot konserti turibdi, unda ishtirokchilar o‘zbek estradasining asoschisi bo‘lgan Botir Zokirov repertuaridan 8 ta qo‘shiqni ijro etishadi. Yigit-qizlar o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani qanday uddalashini tez orada, aniqrog‘i 11-may kuni soat 20:00 da Forum TV kanali orqali bilib olamiz.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system