Tohir Sodiqov: «Tashkilotchilar ishtirokchilarining ijodiy o‘sishi uchun ideal sharoit yaratgani ko‘rinib turibdi»

Oltinchi Zo‘r – Zo‘r Star hisobot konserti o‘zbek estradasining afsonaviy “Bolalar” guruhi qo‘shiqlariga bag‘ishlandi. Zo‘r – Zo‘r Star musiqiy televizion loyihasining ishtirokchilari tomoshabinlar va, albatta, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov boshchiligidagi hay’at a’zolarining e’tiboriga 9 ta mashhur xitni havola etdi.

Konsertning qanday o‘tgani hamda ishtirokchilarning chiqishlarini qanday baholagani haqida “Bolalar” guruhi yakkaxonining o‘zi bizga hikoya qilib berdi:

«Konsert menga juda yoqdi — u juda yaxshi va ijobiy ruhda o‘tkazildi, tanlov ishtirokchilari tahsinga loyiq! Ulug‘bek Holiqovning chiqishi katta taassurot qoldirdi, unga qoyil qolish kerak – Ulug‘bek o‘z ona tilida sof kuylashdan tashqari, boshqa artistlarga taqlid qilmadi. Uning o‘z ijro uslubi borligini, unga amal qilishini ko‘rdim, bu bilan u tomoshabinlarga o‘zining individualligini ko‘rsatyapti. Ba’zi ishtirokchilar xitni qayta kuylashga emas, balki uni originaldagi kabi ijro etishga urindi. Bu yaxshimas. Axir bu taqlidchilar tanlovi emas-ku. Qo‘shiqqa har doim o‘zingning bir parchangni, albatta, qo‘shishing kerak.

zor_7_05_2013

Oskar Jalilovning chiqishi ham yaxshi taassurot qoldirdi, u tom ma’noda zalni junbushga keltirdi. Unda qudratli energetika bor, tomoshabin ham buni his qilyapti. Umuman, tanlov ishtirokchilarining vokal ko‘rsatkichlari kuchli, ammo meni ba’zi ishtirokchilarning aksent bilan kuylashi xijolatga soldi. Albatta, ularning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlayman, lekin ular o‘zlarining ustida yanada ko‘proq ishlashi kerak. Xonandalar milliy qo‘shiqlarni sof o‘zbek tilida ijro eta olishlari estradamiz uchun juda muhim.

Zalning jihozlanishiga alohida to‘xtalishni istardim. Menga sahna ortiga o‘rnatilgan ekranlar g‘oyasi juda yoqdi. Ular ishtirokchilarning chiqishlariga yorqin bir urg‘u berib turdi. Shuningdek, sahnaning yoritilishi ham juda yaxshi o‘ylangan. Akustika juda yoqdi, buning uchun tashkilotchilarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ular tanlov ishtirokchilarining ijodiy o‘sishi uchun ideal sharoit yaratgani ko‘rinib turibdi.

Zo‘r – Zo‘r Star — yoshlarimiz uchun kerakli loyiha deb hisoblayman, u iste’dodli yoshlarga o‘z orzusini, ya’ni haqiqiy estrada yulduzi bo‘lish orzusini amalga oshirishga yordam beradi. Zo‘r – Zo‘r Star loyihasida uch oy ta’lim olgan ishtirokchilar boy tajribaga va zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi, ularni keyinchalik sahnada to‘liq amalga oshirishlari mumkin. Barcha ishtirokchilarga samimiy tarzda omad va g‘alaba tilayman».

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system