“Nuroniy” jamg‘armasi va “Bilayn” faxriylarni G‘alaba shodiyonasi bilan tabrikladilar

beeline_7_05_2013

Faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi va eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Xotira va Qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari hamda mehnat fronti faxriylari uchun keng ko‘lamli tadbir o‘tkazdilar.

7 may kuni Ezidyor to‘y-xashamlar zalida poytaxtda va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi front qatnashchilari hamda front orti mehnatkashlari uchun tantanali qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. “Bilayn” ko‘magida “Nuroniy” Jamg‘armasi tomonidan tashkillashtirilgan bayramga qariyb 350 faxriylar keldilar.

beeline_7_05_2013_1

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Nuroniy” Jamg‘armasi Markaziy Kengashining raisi Erkin Bakibayev quyidagilarni qayd qildi: “O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari an’anavyi tarzda hamma tomonlama ehtirom hamda e’tiborga ega bo‘lib kelganlar. Respublika rahbariyati, bizning jamg‘arma va ko‘plab boshqa jamoat tashkilotlari tomonidan faxriylarga bebaho yordam ko‘rsatilmoqda. “Bilayn” kabi yirik kompaniya bir necha yildan beri ketma-ket bizga ko‘maklashayotgani meni alohida quvontiradi. Mamlakatning barcha faxriylari nomidan do‘stlarimizga ko‘rsatilgan e’tibor hamda ushbu ajoyib bayramni o‘tkazish tashabbusi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”.

beeline_7_05_2013_2

beeline_7_05_2013_3

Kecha mehmonlarini bayramona stollar hamda sovg‘alardan tashqari katta musiqiy dastur kutardi: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ashula va raqs ansambli solistlarining bu kabi tadbirlarga xos odatiy chiqishlaridan tashqari faxriylarni mashhur estrada ijrochilari o‘z ijodlari bilan xursand qildilar.

beeline_7_05_2013_4

“Bayramning nomida alohida mazmun bor: mamlakatning barcha aholisi 68 yil avval xalqning hayoti va erkinligi yo‘lida insonlarning ko‘rsatgan jasoratini eslaydilar, – deydi Unitel MCHJ bosh direktori Andrey Safronyuk. – Respublikaning bir yarim million fuqarosi frontga ketgan, undan-da ko‘prog‘i – front ortida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan millionlab insonlarga boshpana va himoyani ta’minlaganlar. Bu hech qachon xotiramizdan va yuragimizdan o‘chmaydi. Qadrli faxriylar, barchasi uchun rahmat sizlarga!”

beeline_7_05_2013_5

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system