II Jahon urushi qatnashchilari uchun «Ucell bilan safdosh do‘stingizga qo‘ng‘iroq» nomli aksiya taqdim etilmoqda
07.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

9-may “Xotira va qadrlash kuni”, shuningdek, II Jahon urushida g‘alaba qozonilgan kun munosabati bilan Ucell mobil operatori Toshkentdagi “Qardoshlar qabristoni” memorial yodgorligida “Ucell bilan safdosh do‘stingizga qo‘ng‘iroq” nomli xayriya tadbirini o‘tkazmoqda.

2013-yil 9-may kuni faxriylar “Qardoshlar qabristoni” memorial yodgorligiiga tashrif buyurib, Ucell ctendidan dunyoning istalgan burchagidagi do‘stlari va safdoshlariga bepul qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, faxriylar qurbon bo‘lganlar sharafiga uyushtirilgan tadbirlarda ishtirok etib, Ucelldan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, Ucell ko‘ngillilari faxriylar va qurbon bo‘lganlar oilasidan xabar oladilar. O‘zbekistonda bugungi kunda besh mingdan ortiq Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari istiqomat qiladi.

Ucell stendi ertalabki soat 9.00 dan kechki soat 18.00 gacha ishlaydi. Tadbir “Faxriy” O‘zbekiston faxriylar (baynalmilalchilar) birlashmasi ishtirokida tashkil etilmoqda.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq