Ucell xalqaro telefon qo‘ng‘iroqlarining narxi pasaytirilgani to‘g‘risida e’lon qildi

Ucell mobil aloqa operatori O‘zbekistonda haqi keyin to‘lanuvchi xizmat tizimi (Postpaid) abonentlari uchun xalqaro qo‘ng‘iroqlariga misli ko‘rilmagan darajada narxni kamaytirganligi to‘g‘risida xabar berdi. Rossiya, Ukraina, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziyaga amalga oshirildigan qo‘ng‘iroqlarga narxlar pasaytirildi.

Ucell abonentlarining yuqori talabga ega yo‘nalishlarida narxlarning pasayishi 70 foizdan ziyodni tashkil qildi. Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikistonga qilinadigan xalqaro qo‘ng‘iroqlarning qiymati qariyb 2 barobar pasaytirildi. Endilikda Ucell abonentlari mazkur mamlakatlarga har daqiqaga 33 sent narxda qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Shuningdek, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Malayziya va Osiyoning boshqa mamlakatlariga bir daqiqalik qiymat har daqiqasiga ikki dollar va undan yuqori narxni tashkil qiladi. Amerika, Afrika va Avstraliya yo‘nalishlari bo‘yicha Ucell abonentlari har daqiqaga 1.85 AQSH dollar narxda qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Ucell abonentlari narxlar pasaytirilishi natijasida xalqaro qo‘ng‘iroqlarga o‘rtacha ikki marta kam mablag‘ sarflaydilar. Ucellning Marketing departamenti Direktori Hikmatulla Nasritdinxo‘jayev: «Ucell abonentlari yangi narxlar bo‘yicha dunyoning har qanday nuqtasiga har daqiqaga nisbatan belgilangan tarifdan tashqari, hech qanday alohida shartlarsiz qo‘ng‘iroq qila oladilar. Bu o‘rinda hech qanday abonentlik to‘lovi yoki boshqa qo‘shimcha to‘lovlar bo‘lmaydi. Biz umid qilamizki, yangi tariflar Ucell abonentlariga O‘zbekistondan tashqarida yashaydigan qarindoshlari, do‘stlari bilan erkin gaplashish uchun imkon beradi», — deb narxlar pasayishini sharhladi.

Yanada batafsil ma’lumotlarni http://ucell.uz/ saytidan olish mumkin

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system