Oltinchi Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konserti

Oltinchi Zo‘r-Zo‘r STAR konserti o‘tgan asrning 90-yillarida O‘zbekistonda juda mashhur bo‘lgan “Bolalar” guruhining qo‘shiqlariga bag‘ishlandi. O‘sha paytda Tohir Sodiqov guruh yakkoxoniga aylanadi. Bu safargi konsertda aynan uning qo‘shiqlari tanlov ishtirokchilarining talqinida yangradi. Ular buni qanday uddalaganini 4-may kuni soat roppa-rosa 20.00 da Forum TV orqali tomosha qilish mumkin edi.

zor_6_05_2013

zor_6_05_2013_1

zor_6_05_2013_2

Oltinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsertning faxrli hay’at a’zolari safidan quyidagi o‘zbek madaniyati va san’ati vakillari joy oldi:
Tohir Sodiqov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Bolalar” guruhining a’zosi;
Hosila Rahimova – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist;
Adiz Rajabov – o‘zbek kinematografiyasining taniqli aktyori;
Jahongir Poziljonov – taniqli xonanda, “Bojalar” guruhining yakkaxoni;
Alisher Uzoqov – o‘zbek kinematografiyasining taniqli artisti.

An’anaga ko‘ra, konsert avvalida SMS-ovoz berish natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, eng kam ovozni Akbar Tolipov oldi, endi u loyihani tark etishi kerak. Akbar Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi o‘zining yakuniy musiqiy kompozitsiyasi sifatida Tohir Sodiqovning “Xayolim senda” qo‘shig‘ini ijro etdi.

zor_6_05_2013_3

zor_6_05_2013_4

zor_6_05_2013_5

Biroq, ishtirokchi bilan mahzun xayrlashuv daqiqalariga qaramasdan, Jahongir Poziljonovdan yaxshi taklif chiqdi, u Akbarga loyiha tugaganidan so‘ng birgalikda yangi qo‘shiq yozishni taklif etdi.

SMS-ovoz berish natijalari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Shahlo egalladi. Aytish joizki, bu safar u o‘zi uchun biroz g‘aroyibroq bo‘lgan uslubda chiqib, “Yaralangan sevgi” qo‘shig‘ini ijro etdi.

Undan keyin Tohir Sodiqovning Rasul ijrosidagi “Yoz, alvido” qo‘shig‘i yangradi. SMS-ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Rasul birinchi o‘rinni oldi.

zor_6_05_2013_6

zor_6_05_2013_7

zor_6_05_2013_8

Shundan so‘ng konsert dasturini qolgan ishtirokchilarning chiqishlari davom ettirdi:
Oskar – «Unutganim yo‘q»;
Vasilina – «Kel yashaylik, biz birga»;
Nurali – «Sevaman jonim»;
Yana – «Bo‘ldi xato»;
Roma – «Kerak emas shahlo ko‘zlaring»;
Ulug‘bek – «Sen aytarding».

Umuman olganda, yigit-qizlar o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddalay olishdi, biroq ba’zi ishtirokchilarga hay’at a’zolari kichik iltimos bilan murojaat qilib, mashhur yulduzlarga taqlid qilmaslikni, balki o‘zlarining individual uslubini topishga harakat qilishni tavsiya etishdi.

zor_6_05_2013_9

zor_6_05_2013_10

zor_6_05_2013_11

Roman, Vasilina, Nurali, Rasulning sahna chiqishlari barcha tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. O‘tmish xitlari yangicha talqinda yangradi, ular hatto ayollarning vokal ijrosida ham juda yaxshi qabul qilindi.

Konsert dasturini o‘zi uchun maxsus yozilgan qo‘shiqni ijro etgan Yananing chiqishi yakunladi. Eslatib o‘tamiz, u beshinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsertda eng ko‘p ball to‘plab, asosiy rag‘batlantiruvchi mukofotga sazovor bo‘lgandi.

Konsert yakunida barcha ishtirokchilar sahnaga taklif etildi va loyihadan chiqib ketishga yana uchta nomzodning nomi e’lon qilindi. Bular:
Rasul;
Vasilina;
Roman.

Agar siz loyihada Rasul qolishini xohlasangiz, unda 3 kodi yozilgan xabarni 7777 qisqa raqamiga yuboring.

zor_6_05_2013_12

zor_6_05_2013_13

zor_6_05_2013_14

Vasilinani 7777 qisqa raqamiga 4 kodi yozilgan xabarni jo‘natgan holda, qo‘llab-quvvatlash mumkin.

Romanni “qutqarish” uchun esa, 7777 qisqa raqamiga 6 kodi yozilgan xabarni jo‘nating.

SMS-ovoz berish natijalari keyingi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsertda e’lon qilinadi. Uni siz 11-may shanba kuni soat 20.00 da Forum TV orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system