Chet tillarni o‘rgatishda ko‘makchi vositalar
06.05.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

chet_6_05_2013

Xalq ta’limi vazirligida tashkil etilgan ko‘rgazmada aynan shu maqsadda tayyorlangan yangi ko‘rgazmali qurollar, elektron o‘quv jihozlari namunalari namoyish etildi.

chet_6_05_2013_1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2013–2014 o‘quv yilidan chet tillarni, asosan, ingliz tilini umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari shaklida o‘rgatish boshlanadi. Shundan kelib chiqib, 2013–2016 yillarda xorijiy tillar kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari hamda o‘qitishning texnik vositalari bilan qo‘shimcha jihozlash belgilangan.

Darhaqiqat, ta’lim sifatini, samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni qiziqtiradigan o‘yin shaklidagi darslarni maqsadli tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda axborot-kommunikasiya vositalarining roli juda katta. Ularni qo‘llash imkoniyatlari ko‘lami kundan-kunga kengayib, texnik vositalar o‘quv jarayonining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

chet_6_05_2013_2

Shunday vositalardan biri — interfaol elektron doska (IED)ning o‘quvchilarda ta’lim olish motivasiyasini rivojlantirish, ularning dars jarayonida faol ishtirokini ta’minlashda o‘rni beqiyos. IED ijodkor o‘qituvchilar uchun darslarni qiziqarli, noan’anaviy tarzda tashkil etish hamda har qanday murakkablikdagi mavzularni o‘quvchilarga ko‘rsatmalilik asosida oson tushuntirish imkonini beradi. IED o‘quvchilar uchun qiziqarli ta’limiy o‘yinlarni tashkil etish hamda nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy topshiriqlarni ishlab chiqish va taqdim etishda juda asqotadi. Bugungi asosiy masala — ta’lim sifatini oshirishda boshqa texnik vositalar qatorida IED ham alohida ahamiyatga ega.

IED’larning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, ularni ishlab chiqarish hamda ta’lim muassasalarini shunday vositalar bilan ta’minlash masalalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar xususida chiqishlar qilingan («Ma’rifat» 2012-yil 21-noyabr, 5-dekabr, 6-fevral) edi. Xalq ta’limi vazirligida o‘qituvchilar, metodistlar hamda pedagog olimlar ishtirokida tashkil etilgan xorijiy tillar kabinetlarini jihozlashda zarur bo‘ladigan o‘quv-texnika vositalari ko‘rgazmasi bu borada olib borilayotgan ishlar natijalari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

chet_6_05_2013_3

Ko‘rgazmada o‘quvchi va o‘qituvchilarga bir qator qulayliklar yaratadigan AKT, ingliz tili fanidan tajriba-sinov uchun mo‘ljallangan darslik maketi va uning elektron varianti (multimedia resurslari bilan), turli didaktik materiallar ishtirokchilar e’tiboriga havola etilib, ularning afzalliklari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

On-line o‘quv-seminar
Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida chet tilini o‘qitish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish maqsadida videokonferensiya asosida o‘quv-seminar o‘tkazildi. O‘quv-seminarda hududlardagi videokonferensiya studiyalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va malaka oshirish institutlari, tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarining chet tili bo‘yicha metodistlar, trenerlar va ilg‘or o‘qituvchilar hamda boshqa tegishli mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

chet_6_05_2013_4

Seminarni Xalq ta’limi vazirligining Umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar boshqarmasi boshlig‘i A. Nosirov olib borib, Prezidentimizning «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. Shu bilan birga, Ingliz tili o‘qitish bo‘yicha Britaniya Kengashining Britaniyadagi ingliz tili o‘qituvchilarining eng katta konferensiyasi (IATEFL-ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha o‘qituvchilar xalqaro assotsiatsiyasi) lavhalari joriy videkonferensiya orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokchilarga namoyish etildi. IATEFL konferensiyasida har yili dunyo bo‘ylab 1500dan ziyod o‘qituvchi pedagoglar ishtirok etadi. Joylarga chet tili fani o‘qituvchilari, trenerlar Xalq ta’limi vazirligining «Umumta’lim maktablarining 1-sinfi uchun o‘quv dasturi, darslik majmualarini tajriba-sinovdan o‘tkazish haqida»gi buyrug‘i bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda, «Kid’s English» nomli kitob mualliflaridan tajriba-sinov o‘tkazish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Ingliz tili fanidan 1-sinflar uchun «Kid’s English» nomli ta’lim resursini tajriba-sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni Xalq ta’limi vazirligining www.eduportal.uz axborot-ta’lim portalidan olishingiz mumkin. O‘quv-seminar yakunida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli qaror va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Manba: www.uzedu.uz

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq