Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 chempionatining Milliy finalining yakunlari

City Palace mehmonxonasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 kompyuter o‘yinlari bo‘yicha milliy birinchilikning yakunlari va O‘zbekiston jamoasining AIMAG Incheon 2013 Yopiq binolarda o‘tkaziladigan IV Osiyo o‘yinlarida ishtirokining istiqbollari e’lon qilindi. Mamlakatning eng yaxshi e-sportchilari bilan bo‘lib o‘tgan shiddatli kurashda Pavel Saprikin chempion unvonini qo‘lga kiritdi.

Turnir yakunlarini sharhlar ekan, Unitel MCHJ bosh direktori Andrey Safronyuk shunday dedi: “Beeline ko‘p yillardan beri O‘zbekistonda e-sportga ko‘maklashib kelmoqda va navbatdagi chempionat yuqori darajada o‘tkazilganidan faxrlanamiz. Bizning bollarga chin qalbimdan Osiyo birinchiligida g‘alaba qozonishni tilab qolaman!”

beeline_3_05_2013

Eslatib o‘tamiz, Yagona aloqa operatori “Bilayn” O‘zbekiston Respublikasi Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi ko‘magida “Kelagak ovozi” Yoshlar tashabbuslari markazi va InfoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkillashtirilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining Bosh homiysi bo‘lgan. Hududiy turnirlar “Biz yagona jamoa, biz yagona oila!” yoshlar aksiyasi doirasida 29 martdan 18 aprelga qadar o‘tkazilib, e-sport bo‘yicha AIMAG Incheon 2013 Yopiq binolarda o‘tkaziladigan IV Osiyo o‘yinlarining saralash bosqichi bo‘ldi.

beeline_3_05_2013_1

“Kelajak ovozi” bilan hamkorlikda “Bilayn”ning homiylik ko‘magida ketma-ket ikki mavsumdan beri e-sport bo‘yicha keng ko‘lamli musobaqalarni o‘tkazib kelmoqdamiz, – qayd qildi chempionat Tashkiliy qo‘mitasi rahbari Aleksandr Suchkov. – ilk bor bu darajadagi kurash mamlakatning har bir viloyat markazida o‘tkazildi va biz hamkorlarimiz hamda Bosh homiydan yoshlarning barkamol taraqqiy etishi va O‘zbekistonning barcha e-sportchilariga bergan imkoniyatidan bag‘oyat minnatdormiz”.

beeline_3_05_2013_2

O‘zbekistonda e-sport bo‘yicha musobaqalar 2003 yildan beri o‘tkazilib kelinadi. 2004 yildan mamlakatimiz Jahon chempionatlarida, 2007 yildan esa – Osiyo o‘yinlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Milliy geymerlar ilgari 2007 va 2009 yilda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari sovrindorlari bo‘lishgan va joriy yilda O‘zbekiston yana ushbu nufuzli bellashuvlarda taqdim etiladi.

beeline_3_05_2013_3

Jami Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 chempionatida respublikaning barcha viloyatlaridan qariyb 500 geymerlar ishtirok etgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system