Ucell “Hayot uchun!” hayriya konsertiga homiylik qildi

“Hayot uchun!” Xayriya loyihasining umummilliy marafoni 27 aprel kuni Toshkentdagi “Turkiston” saroyining yozgi maydonida “Hayot uchun!” xayriya konserti bilan yakunlandi. Ushbu xayriya konsertiga Ucell mobil aloqa operatori homiylik qildi.

Bu yil “Hayot uchun!” xayriya forum-marafoni O‘zbekistonning hamma shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vatanmizning har bir viloyatidan minglab odamlar ishtirok etib, hududiy marafon qatnashchilari soni 60 mingga yetdi. Tadbirda ishtirok etgan odamlarning umumiy soni esa 200 mingdan ortdi.

Marafonning yakuniy bosqichi bo‘lgan xayriya konsertiga 4 mingdan ziyod kishi tashrif buyurdi. Tadbirda xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari, artistlar va o‘zbek estradasining yulduzlari, shifokorlar va boshqa ko‘plab ko‘ngillilar ishtirok etdi.

“Cheksiz ezgulikni namoyon etadigan ko‘lami keng ushbu tadbir — “Hayot uchun!” xayriya forum-marafonida homiy, hamkor sifatida ishtirok etish Ucell uchun muhim va sharaflidir, — deb ochilish marosimida nutq so‘zladi Umida Ziyamova, Ucell korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha mutaxassisi. — Shunga o‘xshash xayriya tadbirlarni tashkil etish barcha ko‘ngillilarni, birovning dardiga befarq bo‘lmagan odamlarning e’tiborini jalb qiladi”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system