Qiziqarli FAKTlar

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumot va axborotlarni chop etishda davom etamiz. Jahonning eng qiziqarli IT-kompaniyalari haqida hikoyamizni davom ettirib, bugun biz Plantronics kompaniyasi haqida fikr yuritamiz.

akt_2_05_2013_1

Plantronics — quloqlar uchun kosmik texnologiyasi!

akt_2_05_2013

Oyga qadam qo‘ygan birinchi inson astronavt Nil Armstrong ekanligini deyarli barcha biladi. 1969-yil iyul oyida, Oyga qadam qo‘yar ekan, Armstrong shunday tarixiy so‘zlarni aytgan: «Bu inson uchun kichik bir qadam, lekin butun insoniyat uchun katta sakrashdir». Bugungi kunda Nil Armstrong tomonidan ushbu so‘zlar Plantronics kompaniyasi tomonidan maxsus NASA uchun ishlab chiqarilgan audiogarnituradan foydalanilib, aytilganliginini kamchilik biladi. Ushbu kompaniya bugungi kunda ham barchamiz foydalanishimiz mumkin bo‘lgan garnituralar (mikrofonli naush-niklar) ishlab chiqaradi.

akt_2_05_2013_2

Plantronics, Inc. — aloqa turli sohalari uchun jahonda katta garnituralar ishlab chiqaruvchilaridan biri. Kompaniya 1961-yilda AQSH’da tashkil qilingan. 1962-yildayoq u aviatsiya texnikasi va NASA kosmik dasturlarida foydalanish uchun uskunalar ishlab chiqara boshladi. Oyga birinchi ekspeditsiyada asosiy aloqa vositasi sifatida Plantronics garniturasidan foydalanildi va oyga birinchi qadam qo‘ygan insonning so‘zlari butun jahonga aynan Plantronics garniturasi orqali yetkazildi. Kompaniyaga 1962-yilda V. Vilyam Plant (W. William Plant) asos solgan, balki shuning uchun ham Plantronics deb nomlangandir.

1986-yilda kompaniya Angliyada bo‘limini tashkil qildi va Yevropa bozorlariga chiqdi.

Bugungi kunda Plantronics — HandsFree ishlab chiqarishi sohasida jahonda yetakchilardan biri hisoblanadi. Avaya, Cisco, HP, Nortel, Siemens kabi va boshqa ko‘plab telefon va kompyuter texnikasi ishlab chiqaruvchilari o‘z uskunalarining mosligini aynan Plantronics yechimlari bilan ta’minlaydilar.

Professional telefon garnituralari allaqachon telefon axborot xizmatlari va call-markazlar kerakli zarur uskunalari bo‘lib qolgan. Telefon garnituralaridan foydalanish ustunliklari yaqqoldir — telefon go‘shagini ushlab o‘tirish kerak emas va siz bemalol yozuv ishlaringizni bajarishingiz yoki so‘zlashish vaqtida kompyuterda ishlashingiz mumkin.

Plantronics kompaniyasi birinchilardan bo‘lib, telefon garnituralarini ishlab chiqish bilan shug‘ullandi va bugungi kunga kelib, garnituralar va ularni ulash uchun apparaturalar ishlab chiqarilishi sohasida so‘zsiz yetakchi hisoblanadi. Ilg‘or ishlanmalar va zamonaviy materiallardan foydalanish hisobiga, Plantronics telefon garnituralari tovushni uzatish yuqori sifati, juda ishonchliligi, foydalanish qulayligi va zamonaviy dizayni bilan ajralib turadi.

Professional H-seriyali Plantronics telefon garnituralari
SupraPlus, Supra, Encore, DuoPro, TriStar, Mirage va DuoSet model telefon garnituralari telefon operatorlari, call-markazlar xodimlari va butun ish kuni davomida telefondan foydalanishga to‘g‘ri keladigan boshqa xodimlar uchun mo‘ljallangan.

Professional R-seriyali Plantronics telefon garnituralari
Maxsus P-seriyali telefon garnituralari UPATS Meridian tizim telefonlariga ulanish uchun mo‘ljallangan (M2008, M3820, M3904, M5216, M7310, T7208 va boshqalar).

Ofis uchun simsiz garnituralar
Ofisda yoki uyda telefon orqali so‘zlashish paytida erkin harakatlanish muhim bo‘lgan insonlar uchun Plantronics kompaniyasi DECT va Bluetooth texnologiyalari asosida simsiz garnituralar ishlab chiqaradi.

Kichik ofis uchun garnituralar (SOHO)

akt_2_05_2013_3

Kichik ofislar uchun Plantronics kompaniyasi ofis telefonlariga ulanishga mo‘ljallangan T10/T20, Practica T100 mini-telefonlarini, S12, Practica S100 to‘plamlarini ishlab chiqaradi. T10 va T20 kichik telefon apparatlari sizning ish stolingizda ko‘p joy olmaydi. Mini-telefon to‘plamiga maxsus garnitura-transformer kiradi — vaziyatga qarab siz boshga taqishga mo‘ljallangan yoki quloqqa mahkamlanadigan kichik moslamadan foydalanishingiz mumkin.

Mobil qurilmalar uchun garnitura

akt_2_05_2013_4

Plantronics kompaniyasi turli tuzilishdagi, dizayn va xususiyatlardagi mobil qurilmalar uchun garnituralar keng tanlovini taklif etadi. Standart 2,5 mm razyomli yoki mobil telefonlar uchun maxsus razyomlar bilan simli garnituralar hamda simsiz Bluetooth-garnituralar ishlab chiqariladi.

Kompyuter garnituralari

akt_2_05_2013_5

Kompyuterlar uchun garnituralar Internet-telefoniya, on-line ta’lim, o‘yinlar va boshqa interfaol qo‘shimchalar uchun maxsus yaratilgan. Kompyuter uchun Plantronics garniturasi shaxsiy kompyuterdagi ishlaringizni maksimal darajada qulaylashtiradi va shu bilan birga, atrofdagilarni chalg‘itmaslik imkonini beradi. Garniturani qo‘llash tovush uzatish buzilishlarsiz amalga oshirilishi hisobiga kompyuterning tovush chiqarishi bo‘yicha imkoniyatlarini to‘la darajada baholashingizga imkon beradi.

akt_2_05_2013_6

Konsolli o‘yinlar ishqibozlari uchun garnituralar (Xbox va PlayStation)
Plantronics kompaniyasi O‘zbekiston bozorida faol faoliyat yuritadi va uning mahsulotlari bizning mamlakatimizda keng taqdim etilgan.

2013-yil 27-mart kuni Toshkent IT-yechimlar kompleks integratori mamlakatimiz kompaniyasi Sharifa.Com va tarmoq texnologiyalari boyicha jahon yetakchisi Cisco Systems hamkorligida biznes-kommunikatsiyasi va axborot xavfsizligi tarmoq infrastrukturasini qurish yechimlariga bag‘ishlangan «Cisco InfoDay 2013» seminari o‘tkazildi.

Seminarda unifikatsiyalangan muloqot-markazlari mavzusi muhokama etildi, unda MDH boyicha Plantronics kompaniyasi biznesni rivojlantirish yo‘nalishlari boshlig‘i, Dmitriy Arxipov so‘zga chiqdi. U Plantronics yarim asrdan so‘ng turli sohalar: ofislar va call-markazlarda to aviatsiya va kosmonavtika uchun audiogarnituralar ishlab chiqaruvchi hisoblanishi haqida so‘zlab berdi.

Dmitriy Arxipov, muloqot-markazlari operatorlarining ishlarini nafaqat yoqimli va qulay, balki yanada samarali qilish imkonini beruvchi, kompaniyaning daromadliligida muhim o‘rin tutuvchi, ishda qo‘llaniluvchi yechimlar Plantronics kompaniyasining yangi ishlanmalarini taqdim etdi. Mazkur sahifamizda tanishish maqsadida Plantronics ishlab chiqargan ikki garnitura ustida to‘xtaldik.

Plantronics ishlab chiqargan barcha qurilmalar haqida batafsil ma’lumotlar bilan kompaniya sayti www.plantro.ru da tanishish mumkin.

Orphus system